Voleybolchilarda masofaviy va vaqt bo’yicha mo’ljal olishni takomillashtirish usullari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 11 мая, печатный экземпляр отправим 15 мая.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №12 (459) март 2023 г.

Дата публикации: 23.03.2023

Статья просмотрена: 4 раза

Библиографическое описание:

Худойберганов, З. К. Voleybolchilarda masofaviy va vaqt bo’yicha mo’ljal olishni takomillashtirish usullari / З. К. Худойберганов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2023. — № 12 (459). — С. 294-295. — URL: https://moluch.ru/archive/459/100894/ (дата обращения: 28.04.2024).



Voleybolchilar harakatlari texnikasini takomillashtirish sportchi sifatida uzluksiz ravishda o’zi ustida ishlash, shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish, oldingi bilimlarini mustahkamlagan tarzda yangi ko’nikmalarni hosil qilishga asoslanadi. Sportchilarning o’yinga tayyorgarligi masofa va vaqtni “his qila olish”, vaqtini to’g’ri taqsimlash va mo’ljal qila olish qobiliyatini rivojlantirish bilan chambarchas bog’liqdir.

Kalit so zlar : zamonaviy voleybol, voleybolchi, to’pli o’yinlar, hujumchi, himoya, vaqtni his etish, samarador tashkillashtirish.

Совершенствование техники движений волейболистов основано на постоянной работе над собой как спортсменом, развитии личных способностей, формировании новых навыков таким образом, чтобы закрепить ранее полученные знания. Подготовка спортсменов к игре тесно связана с развитием умения «чувствовать» дистанцию и время, правильно распределять время и прицеливаться.

Ключев ые слова: современный волейбол, волейболист, игры с мячом, нападающий, защита, эффективная организация, дистанция.

Zamonaviy voleybol o’yini hozirda o’zining harakat tezligi juda yuqori ekani, ikkinchi to’p uzatishlarining qisqa masofadan berilishi, himoyachilarning o’zaro kelishib, aniq harakat qilishi, to’pni qaytarishda himoyani yorib o’tib, hujumni bartaraf qila oladigan kuchli himoya uslublarini o’zlashtirishni talab etishi kabi xususiyatlari bilan boshqalardan ajralib turadi. O’yinda guruhning bir tizim sifatida harakat qilishi va unda har bir o’yinchining o’z vazifasini aniqlik bilan bajarilishi talab etiladi. O’yin natijasida ham muvaffaqiyatga erishish uchun guruhning har bir a’zosi o’z majburiyatidan kelib chiqqan holda sifatli va tezkor harakat qilishi lozim. Sport ustasi maqomiga erishish uchun esa nafaqat, voleybol o’yini, balki, boshqa turdagi to’pli o’yinlarda ham o’yinchi to’p uzatishning turli xil texnik uslublarini bilishi, ikkinchi qisqa urishda to’pni aniq raqib maydoniga tushirish, hujum zarbalari bera olishi, himoya va to’sib qolish usullarini o’zlashtirgan bo’lishi, oldindan turli rejalar tuzib qo’ygan bo’lishi kerak.

Guruh natijalari ko’p hollarda hujumchi harakatlariga bog’liq. O’yinda harakatlarni muvofiqlashtirish jarayonida muvaffaqiyatga erishish va vazifani a’lo darajada uddalash uchun harakatlar yo’nalishi turlicha: yuqori va quyi shaklida rejalashtirilishi zarur [2]. Malakali voleybolchilarning hujum harakatlarini bajarishdagi usullarini o’rganish to’pni qabul qilib olishda oyoq va qo’l harakatlarining turli darajadagi o’zgarishlarini tushunib olishda katta yordam beradi. Mashg’ulot vaqtida mos keluvchi usullarning rejalashtirilishi ko’p hollarda uning shakli va yo’nalishiga bog’liq. Mashg’ulotlarning to’g’ri tanlanishida eng asosiy talablardan biri sifatida esa qabul qilinayotgan to’pning harakatlar jamlanmasidagi asosiy xususiyatlariga ko’ra tanlanishini ko’rsatishimiz mumkin. Chunki, aynan to’pning uchish tezligi va yo’nalishi guruhdagi barcha o’yinchilarning harakatini belgilab beradi.

Voleybol o’yinida eng asosiy muammolardan biri — bu hujum va himoya harakatlarida samaradorlikni ta’minlab beruvchi tezlik xususiyatidir. Vaqt bo’yicha aniqlikni his eta olish qobiliyati guruhda harakatlar jamlanmasini to’g’ri ketma-ketlikda bajarish, ularning davom etish vaqtini to’g’ri belgilash, harakatlar tempi va maromini moslashtirish, javob zarbalarini samarali boshqarish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Guruh ishtirokchilarining vaqt tushunchaasini to’g’ri belgilay olishi turli masshtabda o’tkaziladigan musobaqalarda o’yin harakatlarining ishonch bilan bajarilishi, guruh ichidagi barqarorlik va ishonch ruhini shakllantiradi.

“Vaqtni his etish” esa o’yin vaqtida raqib tomonidan to’p uzatilgan holatda unga javob qaytarish, javob reaksiyasi uchun o’zlashtirilgan harakatlar jamlanmasini ishga sola bilish, har bir o’yinchining to’pni qabul qilish jarayonida o’z vazifasini mukammal amalga oshirishi, texnik ko’rsatmalarning taqsimlanishi kabi xususiyatlarni o’z ichiga oladi. Jumladan, quyida to’pni ikkinchi qabul qilib olish vaqtidagi eng samarador tashkillashtirish uslubi keltirilgan:

– to’p kelishi vaqtini aniqlashtirish;

– javob harakatlarini bajarishdagi davomiylik;

– to’pni zararsiz holda qabul qilib olish davomiyligi va uni qaytarish ketma-ketligi.

Tahliliy harakat yordamida bajarilayotgan harakatlar jamlanmasi sifati baholangandan so’ng unda ishtirok etgan har bir elementning davomiyligi aniqlqab olinadi. Bir nechta tahliliy sezgi omillari — eshitish, ko’rish va harakatni baholash haqida umumiy holat haqida ma’lumotga ega bo’lgach, harakatlar jamlanmasining butun yoki har bir elementi davomiylgi taxminiy o’lchanadi [4]. Bunda ayniqsa, eshitish va ko’rish sezgi a’zolari mushaklar orqali vaqt hamda masofa haqida miyaga yetkazib berilgan axborotlarni qayta ishlash eng muhim, ilk vazifalardan bo’lib hisoblanadi. Voleybolchilarning birinchi harakati to’pni ilib olish va uni qaytarish deb hisoblagan holda o’yinda eng yaxshi samara beruvchi taktika quyidagicha davom etishi mumkin:

  1. Voleybol to’ridan eng qisqa masofada to’pni qabul qilib olishda muvaffaqiyatga erishish uchun o’yinchilar ham to’rga eng yaqin masofalarda joylashtirilgan bo’lishi shart [3].
  2. Ammo, to’pni eng yaqin masofada raqib tomonga uzzatib berishda yutib chiqish imkoniyati 1:1, ya’ni ellik foiz holatda to’p maydondan tashqariga chiqib ketadi (taym aut) [1].
  3. To’pni uzatib berishda masofaning ahamiyati ancha katta, chunki, to’p uzatilayotgan masofa qanchalik uzoq bo’lsa, uni uzatib berishda kuchning ulushi va yo’qotish ehtimolligi ortib, aksincha, biror nuqtaga yetkazib berishda aniqlik darajasi pasayib boradi.

Hujum qiluvchi zarba berilganda o’yinchilarning quyidagi xususiyatlari mavjudligi alohida ahamiyatga ega [4]:

– javob reaksiyasi tezligi;

– qaror qabul qilish tezligi;

– tayyorgarlik harakatlarini bajaroshga ajratilgan vaqt;

– o’yin maydonida uch metrgacha bo’lgan qisqa masofada joydan-joyga ko’chish.

Professional voleybolchilarning tezlik bo’yicha xususiyatlarini yanada mukammallashtirishda kompleks yondashuv zarur bo’lib, u quyidagi yo’nalishlarga e’tibor qaratishni talab etadi:

– O’yinlarga jismonan tayyorgarlik ko’rishda ruhan va kuch jihatdan doimiy ustunlikning mavjudligi [5];

– Mashg’ulotlarda javob harakatlarini takomillashtirish, murakkab harakatlar jamlanmasini bajarishda vaqt omiliga e’tibor qaratish, uni juda qisqa vaqt ichida asosiy, qo’shimcha va yordamchi xususiyatlar yordamida obyektiv baholay olish kabi mashqlarni yo’lga qo’yish;

– Mashg’ulotlarda turli harakat tezligini keltirib chiqaruvchi holatlardan pedagogik maqsadlarda foydalanishni amalga oshirish (qum, tuproq yoki maysa ustida o’yinni olib borish), tezlik mashqlarida yengillashtiruvchi omillardan foydalanish, nishabligi yuqori bo’lgan joylarda tezlik mashqlarini bajarish; har bir va uch qadamda murabbiy buyrug’iga ko’ra sakrash mashqini bajarish, tezlikni tushirmagan holda yugurish yo’nalishini o’zgartirish kabilarni doimiy ravishda qo’llash ishlarini olib borish.

Sportchida “vaqtni his etish” ni shakllantirishda esa quyidagi uslub yaxshi yordam berishi mumkin (asosan old chiziqda joylashgan sportchilar misolida) [6]:

  1. To’p uzatishni sakrashning eng yuqori nuqtasida gimnastik egilish bilan birga amalga oshirish;
  2. To’pni tayanchsiz holda sakragandagina uzatib berish;
  3. To’p uzatayotgan holda oldingi chiziqdagi to’siq (o’yinchilardan tashkil etilgan to’siq) ni yorib o’tish darajasida qattiq uzatib berish;
  4. To’pni murabbiy hushtagi chalingandan so’ng imkon qadar uchinchi yoki to’rtinchi soniyalarda raqibga yetkazib berishni amalga oshirish.

Adabiyot:

  1. Железняк, Ю. Д. Волейбол: у истоков мастерства / Ю. Д. Железняк, В. А. Кунянский; под ред. Ю. В. Питерцева. — М.: ФАИР-ПРЕСС, 1998. — 336 с.
  2. Каширин, В. А. Структурный подход к развитию ловкости у волейболистов / В. А. Каширин, А. В. Бурцев, Л. Д. Назаренко. — Ульяновск: УлГУ, 2009. — 132с., ил. 4. Цуканов, Б. И. Восприятие времени и спортивная специализация / Б.И Цуканов // Теория и практика физической культуры. — 1988. — № 10. — С. 32–35.
  3. Шипулин, Г. Я. Научное обеспечение соревновательной деятельности и тренировочного процесса в современном волейболе / Г. Я. Шипулин // Спорт и здоровье: материалы I междунар. науч. конгресса (СанктПетербург, Россия) / С.-Петерб. гос. акад. физ. культуры им. П. Ф. Лесгафта. — СПб., 2003. — Т. 2. — С. 288–289.
  4. Zheleznyak, Yu.D. Trends of the classic volleyball development at the present stage / Yu.D. Zheleznyak, G.Ya. Shipulin, O. E. Serdyukov // Theory and Practice of Physical Culture. — 2004. — No. 4. — P. 30–33.
  5. Shipulin, G.Ya. Scientific support of competitive activity and training process in today's volleyball / G.Ya. Shipulin // Sport & Health: Materials of the I International Scientific Congress (St. Petersburg, Russia) / St. Petersburg State Academy of Physical Culture named after P. F. Lesgaft. — SPb., 2003. — Vol. 2. — P. 288–289.
Основные термины (генерируются автоматически): современный волейбол.


Ключевые слова

hujumchi, zamonaviy voleybol, voleybolchi, to’pli o’yinlar, himoya, vaqtni his etish, samarador tashkillashtirish

Похожие статьи

Роль «Либеро» в современном волейболе | Статья в журнале...

Библиографическое описание: Сусова, О. Н. Роль «Либеро» в современном волейболе / О. Н. Сусова.

Именно с введением либеро в волейболе усилилась специализация.

Статьи по ключевому слову "волейбол" — Молодой учёный

Динамика возрастных изменений физического развития девушек 15–18 лет г. Тюмень в многолетнем тренировочном процессе занятий волейболом. Молодой учёный №18 (77)...

Занятия волейболом как средство сохранения и укрепления...

Высокий уровень развития современного волейбола, как вида спорта, делает его одним из эффективных средств

Волейбол как средство оздоровительной работы с обучающимися.

Методика подготовки юных волейболистов в современных...

В статье рассматриваются вопросы, связанные с методикой подготовки юных волейболистов в современных условиях.

Особенности подготовки либеро в волейболе | Статья в журнале...

Библиографическое описание: Исенова, С. К. Особенности подготовки либеро в волейболе / С. К. Исенова.

Высшая школа физ. воспитания, 1979г. Официальные правила по волейболу.

Особенности занятий волейболом в период дистанционного...

В статье рассматриваются особенности занятий физической культурой на примере волейбола в дистанционном формате.

Оценка эффективности приема подач в различных зонах игровой...

Подача — один из ключевых элементов игры в волейбол.

Современный женский волейбол — это уже распространенное использование силовых подач, и подач в прыжке.

Обучение технике игры в волейбол в школе | Статья в журнале...

Описание правил игры вволейбол. Правила игры в волейбол очень просты, игровая площадка делится на две части волейбольной сеткой, для двух команд.

Роль тренера в обеспечении психической готовности игроков...

В статье рассмотрены особенности работы тренера по волейболу.

Главной целью физического воспитания на современном этапе развития общества является воспитание.

Похожие статьи

Роль «Либеро» в современном волейболе | Статья в журнале...

Библиографическое описание: Сусова, О. Н. Роль «Либеро» в современном волейболе / О. Н. Сусова.

Именно с введением либеро в волейболе усилилась специализация.

Статьи по ключевому слову "волейбол" — Молодой учёный

Динамика возрастных изменений физического развития девушек 15–18 лет г. Тюмень в многолетнем тренировочном процессе занятий волейболом. Молодой учёный №18 (77)...

Занятия волейболом как средство сохранения и укрепления...

Высокий уровень развития современного волейбола, как вида спорта, делает его одним из эффективных средств

Волейбол как средство оздоровительной работы с обучающимися.

Методика подготовки юных волейболистов в современных...

В статье рассматриваются вопросы, связанные с методикой подготовки юных волейболистов в современных условиях.

Особенности подготовки либеро в волейболе | Статья в журнале...

Библиографическое описание: Исенова, С. К. Особенности подготовки либеро в волейболе / С. К. Исенова.

Высшая школа физ. воспитания, 1979г. Официальные правила по волейболу.

Особенности занятий волейболом в период дистанционного...

В статье рассматриваются особенности занятий физической культурой на примере волейбола в дистанционном формате.

Оценка эффективности приема подач в различных зонах игровой...

Подача — один из ключевых элементов игры в волейбол.

Современный женский волейбол — это уже распространенное использование силовых подач, и подач в прыжке.

Обучение технике игры в волейбол в школе | Статья в журнале...

Описание правил игры вволейбол. Правила игры в волейбол очень просты, игровая площадка делится на две части волейбольной сеткой, для двух команд.

Роль тренера в обеспечении психической готовности игроков...

В статье рассмотрены особенности работы тренера по волейболу.

Главной целью физического воспитания на современном этапе развития общества является воспитание.

Задать вопрос