Basketbolchilarda o’yin taktik tayyorgarligini olib borish | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 11 мая, печатный экземпляр отправим 15 мая.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №12 (459) март 2023 г.

Дата публикации: 23.03.2023

Статья просмотрена: 25 раз

Библиографическое описание:

Таштаев, Ш. Д. Basketbolchilarda o’yin taktik tayyorgarligini olib borish / Ш. Д. Таштаев. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2023. — № 12 (459). — С. 292-294. — URL: https://moluch.ru/archive/459/100893/ (дата обращения: 28.04.2024).

Maqolada basketbolchilarning o’yinga taktik tayyorgarligi turlari, uni guruhli hamda yakka tartibda amalga oshirish usullari, qoidalari va standartlari, maydonda harakatlanish strategiyalari haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Kalit so’zlar: basketbolchi, sport kurashi, taktik tayyorgarlik, ishtirok xaritasi, harakatlanish xaritasi, shartli raqib, strategik tayyorgarlik.

В статье представлена подробная информация о видах тактической подготовки баскетболистов к игре, способах, правилах и нормативах ее проведения в группах и индивидуально, стратегиях передвижения по полю.

Ключев ые слова: баскетболист, спортивная борьба, тактическая подготовка, карта участия, карта движения, условный противник, стратегическая подготовка.

Basketbolchilarning taktik va strategik tayyorgarligi odatda, sport kurashini o’zlashtirish uslublarini eslatadi. U har qanday malakali sportchidan musobaqa holatida mavjud sharoitni aniq va tez tahlil qila olish, keskinlik bilan qaror qabul qilish va uni o’z vaqtida sheriklariga tushuntirib, tashkillashtira olish qobiliyati bilan chambarchas bog’liq [2].

Sportchilarning taktik tayyorgarligini mustahkam tarzda tashkillashtirish uchun esa jismoniy tarbiyada qo’llaniladigan barcha turdagi mustaqil harakat turlaridan majburiy foydalanish darkor. Basketbolchi hakamlik va musobaqa qoidalarini mukammal o’zlashtirishi, shaxsiy musobaqa tajribalarini tahlil qila olishi va uni takomillashtirib borishi zarur. Boshqa tomondan, ma’lum vaqtlarda sportchiga o’zi va guruh bo’lib musobaqalarda qo’llashi uchun aniq ishtirok “xaritasi” ni mustaqil ravishda tuzishga ruxsat berish lozim. Mana shu hollardagina sportchi o’z shaxsiy tajribasi, foydalanilgan vosita, usul hamda sport kurash shakllaridan foydalangan holda raqibning ustunlik va kamchiliklarini hisobga olib, ma’lum bir reja yoki “harakatlanish xaritasi” ni shakllantirishi mumkin. Ammo, bu taktik tayyorgarlik “xarita” si murabbiy bilan kelishilgan va to’ldirilgan (tuzatilgan) holda amalga oshirilishi zarur [3].

Taktik tayyorgarlik ishlarida bir-biri bilan o’zaro chambarchas bog’langan to’rtta uslubiy vazifalar mavjud [5]:

  1. Sportchilarda murakkab harakatlarni amalga oshirishda tezlik darajasi, diqqat, mo’ljal olish, keyingi holat, jarayon va harakatlarni taxmin qila olish, ijodiylikni rivojlantirish;
  2. Himoya va hujumda guruhli harakatlarning asosiy tizimlari bilan tanish bo’lish, guruhda ishlay olish va uni “his etish” ni takomillashtirish;
  3. O’z holati, kuchi, vositalari, tashqi shart-sharoit va raqibning qarshilik kuchini hisobga olgan holda o’rganilgan taktik materiallarni qo’llay olish, ulardan zarur vaqtda samarali foydalana olish qobiliyatini shakllantirish;
  4. Musobaqa vaqtida bir tizimdan ikkinchisiga guruhli holatda tezlik bilan o’ta olish iqtidorini tizimlashtirish [8].

Yuqorida keltirilgan birinchi ikki vazifa o’yin taktikasini o’rganib olishda qo’l kelsa, keyingi ikki vazifani qisqa vaqt ichida o’zlashtirishning deyarli imkoni yo’q: uni faqatgina guruhli holatda bir-birini tushungan tarzda uzoq vaqt mashg’ulot o’tkazgan o’yinchilargina yillar davomida yig’ilgan tajribalaridan foydalanib amalga oshirishlari mumkin. Ya’ni, guruh ilk marta tashkil topgan vaqtda ko’proq taktik mashg’ulotlar o’tkazish, uning samaradorligini oshirish uchun sportchilar asosiy harakatlar jamlanmasini yaxshi bilishi, mashg’ulot soatlarini uzaytirish orqali esa guruh bo’lib ishlash xususiyatini rivojlantirishi mumkin.

Guruhni bu kabi uzoq vaqt bir-biriga uyg’unlashtirish imkoni bo’lmagan vaqtda esa mashg’ulotlarga qo’shimcha sharoitlar qo’shib, sun’iy murakklabliklar yaratiladi. Masalan [5]:

A) O’yinchilar qisqa vaqt ichida himoya yoki hujum tizimini o’zgartirishda guruh sifatida birga harakat qilishi uchun vizual (ko’rish) yoki ovozli signallar berish (qo’l harakatlari bilan biror uslubni tushuntirish yoki ovozdan foydalangan holda yangi tizimga kirishish zarurligini yetkazib berish);

B) Makon va zamonda to’plar miqdori, mo’ljal vositalari yoki to’siqlar sonini oshirish;

C) Sherigining harakat yo’nalishidan qat’i nazar, harakatlanuvchi sportchi uning yo’nalishiga mos keluvchi murakkab harakatlar jamlanmasini oldindan tanlab qo’yishi va zarur vaqtda osonlik bilan zarar keltirmagan holda joyini o’zgartira olishi kerak;

D) Shartli “raqib” ning aktiv va passiv qarshiliklariga mos javob bera olish usulini tanlash va amalga oshirish.

Ammo, shuni unutmaslik kerakki, tanlangan joy, shartlar (makon va zamon), murakkablik va tizim sportchilar jismoniy va ruhiy rivojlanishiga salbiy ta’sir qilmasligi, ko’nikma hosil qilish jarayonini to’xtatib qo’ymasligi zarur.

Sportchi taktik tayyorgarlik vaqtida o’zining guruhdagi vazifasi va qobiliyatlarini uyg’unlashtira olishi va ularni takomillashtirish yo’lida izlanishi zarur. Bunda eng avvalo hujumdagi shaxsiy harakatlariga e’tibor qaratish zarur, chunki, basketbolda hujum strategiyalar ichida birinchi ahamiyatga ega bo’lgan taktikalardan biridir. Shaxsiy taktik tayyorgarlik o’tkazayotganda harakatlar ketma-ketligiga quyidagicha rioya qilinadi [4]:

  1. Himoyachi to’sig’idan qutulish va bo’sh joyga chiqib olish (himoyachidan qutulib, “ochilish”);
  2. To’pni raqibsiz ilib olish va uzatish;
  3. To’pni savatga tashlash yoki uni tashkillashtirishda ishtirok etish;
  4. To’pni olib borish va raqibni chalg’itish;
  5. To’p qabul qilib olishlar va harakatlar jamlanmasini maydondagi joynhi to’g’ri tanlagan holda amalga oshira olish.

Himoyada sportchining o’z shaxsiy harakatlarini o’zlashtirish hujumdagi harakatlarni o’zlashtirish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Musobaqada esa bu ko’nikmalar murabbiy nazorati ostida raqibning faol qarshiligi yoki o’quv mashq-o’yinlarida qo’llaniladi.

Basketbolda guruhli o’yinlar himoya hamda hujumda ikki-uch sportchining birgalikda harakat qilishi bilan izohlanadi. Guruhda birga harakat qilish uchun o’yinchilar va ularning maydondagi faoliyatini moslashtirish, o’zaro bir-birini tushunib olishini tashkillashtirish to’p bilan texnik ishlash va chalg’itishlar usullarini qo’llay olish bilan birga o’tkaziladi. Bu ko’nikma va tajriba sportchilar uchun osonlashgandan keyingina har bir sportchining o’z qobiliyati, vazifasidan kelib chiqqan holda maydonda ularni qayta joylashtirishva o’yin tamoyillaridan kelib chiqqan holda maxsus taktik mashqlarni qo’llash ishlarini amalga oshirish mumkin. Natijada esa o’yinchilar har qanday vaziyatda ham guruh uchun o’ziga xos usulda shakllantirilgan asosiy taktik kombinatsiyalar va hujum usullarida bir-birini o’zaro anglagan holda harakat qila olishi yuzaga keladi.

Sportchilar o’yin mohiyatini o’z vazifalaridan kelib chiqqan holda tushunib olganidan so’ng esa mashg’ulotlar orasiga qo’shimcha himoyachilar yoki uning majburiyatlarini qo’shib borish mumkin. Ishtirokchilar soni tenglashtirilib, himoyachilarning passiv qarshiligi sharoitida mashg’ulotlar yana takrorlanadi. Bunda himoyachilar “raqib” ga qarshi holatda oldini olish yoki o’rin almashish usullarini emas, faqatgina to’sish usullarini qo’llash mumkin. Passiv holat o’rganilganidan so’nggina himoyachilarga faol qarshilik qilish uchun buyruq berilishi mumkin [1].

Har bir basketbolchi kamida bir yarim-ikki yillik mashg’ulotlar mobaynida to’pni ikki qo’lida barobar olib yurishi, ikki tomonlama chalg’itish usullarini o’zlashtirishi, joyida turgan yoki yugurgan holatida, savatga yaqin, o’rta va uzoq masofalardan to’pni tushira olishi, o’yinda himoya uslublarini o’z tajribasidan kelib chiqqan holda o’rganishi shart. Har bir sportchi savat oldida ham, maydon ichkarisida ham o’z jismoniy tuzilishi hamda qobiliyatidan qat’i nazar, baland yoki past bo’yli tez harakatlanuvchi raqibini “to’sa olishi”, o’zining maydonini mustahkam himoya qila olishi va uzluksiz hujumni amalga oshira olishi lozim. Basketbolchi mazkur ko’nikmalarni o’zlashtirganidan keyingina galdagi bosqich — o’yinda o’z ixtisosligi ustida ishlash darajasiga o’tishi maqsadga muvofiqdir.

Adabiyot:

  1. Арсентьев, Д. В. Анализ американской модели студенческого спорта / Д. В. Арсентьев // Физическая культура, спорт и здоровье студенческой молодежи в современных условиях: проблемы и перспективы развития: материалы региональной студенческой научно-практической конференции, 6 апреля 2016 г., г. Екатеринбург. — РГППУ. — Екатеринбург, 2016. — С. 15–19
  2. Ассоциация студенческого баскетбола [Электронный ресурс]. — Режим доступа: http://pro100basket.ru/ (дата обращения: 10.04.2018)
  3. Бабушкин, Г. Д. Влияние развития интеллектуально-психологических качеств на развитие операционально-технических качеств юных баскетболистов. / Г. Д. Бабушкин, Р. Д. Салахов // Омский научный вестник. — 2010. — № 3 (88). — С. 173–176.
  4. Баскетбол: учебник для вузов физической культуры // под. ред. Ю. М. Портнова. — М: Физкультура и спорт, 1997. — 480 с.
  5. Витман, Д. Ю. Программирование тактико-технической подготовки квалификационных баскетболистов с использованием средств дополненной реальности / Д. Ю. Витман, В. В. Козин // Научно-спортивный вестник Урала и Сибири. — 2018. — № 3(19). — С. 28–34.
  6. Гомельский Е. Я. Технико-тактическая подготовка баскетболистов 15–17 лет / Е. Я. Гомельский // Спорт в школе. — 2008. — № 24. — С. 39–47.
Основные термины (генерируются автоматически): Бабушкин, Екатеринбург, физическая культура.

Ключевые слова

basketbolchi, sport kurashi, taktik tayyorgarlik, ishtirok xaritasi, harakatlanish xaritasi, shartli raqib, strategik tayyorgarlik

Похожие статьи

Основные проблемы развития физкультуры и спорта на...

По словам министра физической культуры и спорта Свердловской области Леонида Рапопорта, в Свердловской области успешно реализуются проекты, направленные на привлечение к активному и культурному досугу каждого уральца — «3аймись спортом!

Аэробика как средство физической культуры | Статья в журнале...

Оздоровительная аэробика — одно из направлений массовой физической культуры с регулируемой нагрузкой. Над разработкой различных программ, синтезирующих элементы физических упражнений, трудится большое количество специалистов.

Анализ современного состояния сферы физической культуры...

В статье автор проводит анализ современного состояния сферы физической культуры и спорта на территории Свердловской области: рассматривается орган государственной власти Министерство физической культуры и спорта Свердловской области, его роль и структура...

Физическая культура в дошкольном учреждении как основа...

Библиографическое описание: Павлихина, С. В. Физическая культура в дошкольном учреждении как основа физического развития, здоровья и безопасности ребенка / С. В. Павлихина, Н. М. Юдина.

Система подготовки юных баскетболистов на этапе начальной...

На этом этапе осуществляются физкультурно-оздоровительная работа, направленная на разностороннюю физическую подготовку и овладение основами техники выбранного вида

10. Программа дисциплины «Теория и методика баскетбола». Для вузов физической культуры.

Влияние физической активности на умственные способности...

В данной статье как раз и подвергается анализу влияние физической активности на умственные способности студентов и рассматриваются механизмы такого влияния.

В данной статье рассматривается значимость физической культуры для студентов в современном.

Спортивная психология. Психологические методики в системе...

Главная цель и задача, которая стоит перед тренером — это не только победа в каком-то конкурсе или соревновании. Стоит понимать, что сюда включено также всестороннее развитие человека, как в культурном, так и в физическом плане [1].

Об аспектах развития динамики мотивации спортивной...

Характеристики соревновательной мотивации (Г. Д. Бабушкин [2, c. 34]) самбистов низкой квалификации идентичны этим показателям самбистов высокой квалификации. Существенные отличия выявлены в мотивационно-энергетическом компоненте.

Основные составляющие здорового образа жизни студента

Оптимальный двигательный режим — это важнейшее условие поддержания здорового образа жизни. Он основан на систематических занятиях физическими упражнениями и спортом. Физическая культура и спорт являются важным средством воспитания подрастающего...

Задать вопрос