Vatan tuyg`usi aks etgan mavzular | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 18 мая, печатный экземпляр отправим 22 мая.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №23 (365) июнь 2021 г.

Дата публикации: 02.06.2021

Статья просмотрена: 224 раза

Библиографическое описание:

Валиева, М. К. Vatan tuyg`usi aks etgan mavzular / М. К. Валиева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2021. — № 23 (365). — С. 517-518. — URL: https://moluch.ru/archive/365/81790/ (дата обращения: 07.05.2024).



Maqolada vatan tuyg`usi aks etgan mavzularini o`qitilishining o’ziga xos yo`llari bayon etilgan.

Tayanch so’zlar: vatan mavzusi, ingliz tili, dars.

В статье описаны конкретные способы преподавания тем, отражающих чувства к родине.

Ключевые слова: родина, английский язык, урок.

Ma’lumki, ingliz tilida “courtyard of a house”, “house with a walled courtyard”, “household”, “house” “home” singari so’zlar uy-joyni ifodalovchi so’zlar tarkibiga kiradi. Mazkur so’zlarni o’rgatishda albatta o’quvchiga o’zbek milliy qadriyatlarini tushuntirib o’tish maqsadga muvofiqdir.

Har qanday rivojlangan mamlakatning kelajagi uning yoshlari ma’naviyati va ma’rifati bilan belgilanishi ma’lum.

O‘zbek xalqining urf-odatiga ko‘ra oilada bolalar ertalab barvaqt uyg‘onib, yuz-qo‘llarini yuvadilar. Ota-onaga va oilaning barcha a’zolariga «assalomu-alaykum» deb salom beradilar. Maktabga ketishda ham ular barcha bilan hayrlashib, kelganlarida yana salomlashadilar. Bu bilan ular kattalarning izzat-hurmatini joyiga qo‘yib, ota-onaning mehru-muhabbatiga sazovor bo‘ladilar.

O‘zbek oilalarida bolalarga ota-onasi tomonidan buyurilgan barcha ishlarni bajonidil bajarish va yakuniy natijasini aytish milliy an’analarga xos xususiyat hisoblanadi. Agarda biror joyga borish kerak bo‘lib qolsa, bolalar albatta ota-onaning ruxsatini olib, keyin borishadi. Ayniqsa, kech bo‘lganda bolalarning uyda ota-ona yonida bo‘lishlari, belgilangan vaqtda yotib uxlashlari o‘zbek oilasiga xos bo‘lgan milliy tarbiyaning muhim xususiyatlardandir. Albatta, bolalarning yotish oldidan ota-onalarga, o‘z navbatida ota-onalarning farzandlariga «yaxshi yotinglar», «yaxshi tush ko‘ringlar» deb yaxshi kayfiyatlar tilashi ham katta tarbiyaviy ahamiyatga molik.

Bolalarning Ona vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatini, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish uchun O‘zbekiston madhiyasi, gerbi, bayrog‘i haqida tushuncha berish, o‘zbek milliy qadriyatlariga muhabbatlarini uyg‘otish, O‘zbekiston boyliklari haqida so‘zlab berish, O‘zbekiston istiqlolining muqaddas ramzi bo‘lmish mustaqillik va xotira maydoniga sayirlar uyushtirish va bolalarni bu maydon bilan tanishtirish shular jumlasidandir. Buning natijasi o‘laroq ulardagi vatan, vatanning muqaddasligi haqidagi tushunchalar endigi bosqichda vatanparvarlik hissiga aylanadi. Demak, bu davrda ko‘proq o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini ongli tarkib toptirish va rivojlantirishga e’tibor qaratiladi.

Insoniyat uchun farzand tarbiyasidagi eng muhim axloqiy fazilatlardan biri bolalarda Vatanga muhabbat, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishdir. Bu mavzu hamma zamonlarda ham, jamiyatning barcha sohalarida ham dolzarb hisoblangan. Chunki Vatan tuyg‘usi inson uchun eng muqaddas tushuncha bo‘lib, bu tuyg‘u dunyodagi har bir insonning qalbida mavjud. Shuning uchun inson zoti borki, barchasi o‘z Vatanini sevadi va uni ardoqlaydi. Biz Vatanni onaga qiyoslaymiz. Vatanni ta’riflaganda ham, ana shu muborak so‘zni qo‘shib, “Ona Vatan” deymiz. Ona to‘grisidagi taassurotlar Vatan haqidagi taassurotlarga o‘xshab ketadi. Bu mehribon zot o‘z farzandining baxti uchun hech narsani ayamagani kabi, Vatan ham o‘zining barcha boyliklarini farzandalari iqboliga baxsh etadi. Ulkan zamondosh shoirimiz Abdulla Oripov ”Bu yorug‘ olamda vatan bittadir, Bittadir dunyoda Ona degan nom” deya yozganida ming bor haq edi. Shu ma’noda, o‘qish kitoblaridagi vatan mavzusiga oid bo‘limlarni o‘rgatish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining vatan haqidagi qarashlarini boyitish, ma’naviy ongini yuksaltirish muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘quvchilar hikoya, she’r va asar mazmunini to‘g‘ri idrok etishlari, bilimlarni mukammal egallashlari uchun hayot haqida ma’lum tasavvurga ega bo‘lishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari o‘tkazilishi kerak.

O‘qish darslarida asarda yozuvchi aytmoqchi bolgan fikr- g‘oyani ochish o‘quvchini tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Chunki o‘qish darslarining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarni axloqiy, estetik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashdir.

Har bir mavzu so‘ngida savollar va topshiriqlar berilgan. O‘qituvchi she’r, hikoya ustida ishlaganda ushbu savol va topshiriqlardan foydalaniladi. O‘qituvchi matnni avval ifodali o‘qib beradi. Keyin matn mazmuni ustida suhbat uyishtiriladi. Bunda o‘qituvchi savollar va tasviriy vositalardan foydalaniladi. O‘quvchilarning o‘zlariga ichida o‘qish, mazmunini tushuntirish topshiriladi. Keyin navbatma-navbat o‘qitiladi. Lug‘at ustida ishlab, yangi so‘zlar ma’nosi tushuntiriladi, o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirishga e’tibor qaratiladi. Oxirida savol-javob, test, boshqotirma, rebus yechib, o‘quvchilar bilimi umumlashtiriladi, reytingi e’lon qilinadi.

O‘qish darslarida Vatan mavzusini alohida bo‘limlarda o‘rganish bilan bir qatorda darslikning boshqa bo‘limlariga tegishli mavzularga ham bog‘lab o‘rgatish ko‘zda tutiladi. Chunki yuqorida ko‘p bor ta’kidlanganidek, inson ma’naviy yuksakligining eng muhim nuqtasi bo‘lgan vatanparvarlik tuyg‘usi barcha zamonlarda, har qanday jamiyatda davlat barqarorligining, gullab yashnashining muhim sharti hisoblangan. Dunyoda hozirda ro‘y berayotgan globallashuv va integrtsiyalashuv jarayonlarida, xalqlar va millatlar taqdiriga turli mafkura, oqimlar tahdid solayotgan bir vaqtda bu vazifani to‘laqonli bajarishga yanada ehtiyoj ortgan. Shuning uchun hsm boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ta’lm jarayonida bunga alohida e’tibor berishi kerak. Darsliklarda berilgan vatanimiz o‘tmishiga, buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodiga oid mavzularni o‘tish jarayonida ham vatan tushunchasi bilan bog‘lab o‘rgatish talab etiladi. Va bu muayyan mavzuning mohiyatini ochishga yana ham ko‘proq xizmat qiladi. Masalan, 4-sinf “O‘qish” kitobida berilgan To‘maris, Najmiddin Kubro, Beruniy, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo haqidagi hikoya va rivoyatlarni o‘rganish jarayonida ularning vatanparvarligi haqida aytib o‘tish talab etiladi. Zero, To‘maris, Shiroq, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi jasur ajdodlarimizga kuch-qudratbergan tuyg‘u awalo ona yurt oldidagi muqaddas farzandlik burchi, unga sadoqat tuyg‘usi, Vatan ozodligini eng ulug‘ ne’mat deb bilish hissi edi. Bu esa mavzuning mohiyatini to‘la ochishga xizmat qiladi hamda mavzuning tarbiyaviy ahamiyatini oshiradi.

O‘qish kitoblarining vatan haqidagi bo‘limlarini o‘quvchilarga o‘rgatishda ko‘proq hayotga bog‘lab o‘rgatish, vatanni o‘tmishi va hozirgi kuni haqidagi fikrlar o‘quvchilarda vatanparvarlik hislarini rivojlantirishini ta’minlash kerak. O‘quvchilarga bo‘limga oid mavzularni o‘rgatishda har bir mavzuni ongli idrok etishlari, tushunishlari, mavzuni chuqurroq o‘raganishlari uchun, ularni darsga qiziqtirish, darsda har xil yangicha metodlar qo‘llash ya`ni darsga aniq maqsad qo‘yish talab etiladi.

Адабиёт:

  1. Мюллер, В. К. Новый англо-русский словарь. — М.: Альта-пресс, 2003
  2. Гачев Г. Д. О национальных картинах мира //Народы Азии и Африки. 1967. № 1.-С. 77–92


Ключевые слова

Ingliz tili, vatan mavzusi, dars
Задать вопрос