Pedagogik muloqat jarayonida tolerantlikni tarbiyalash | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 11 мая, печатный экземпляр отправим 15 мая.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №8 (350) февраль 2021 г.

Дата публикации: 17.02.2021

Статья просмотрена: 901 раз

Библиографическое описание:

Исаева, М. Р. Pedagogik muloqat jarayonida tolerantlikni tarbiyalash / М. Р. Исаева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2021. — № 8 (350). — С. 224-226. — URL: https://moluch.ru/archive/350/78686/ (дата обращения: 30.04.2024).



Ushbu maqolada o’qituvchi va o’quvchining muloqat jarayonini takomillashtirish, pedagogik muloqatni o’stirish, muloqat jarayonida o’quvchilarda tolerantlikni tarbiyalash usullari va bosqichlari haqida ilmiy va xolisona mulohazalari bayon etilgan.

Kalit so`zlar: Muloqat, pedogogik muloqat, tolerantlik, muloqat turlari, muloqat madaniyati, romantik tuyg’ular, jamiyat, pedagogik mahorat, pedagogik tolerantlik, ijobiy-ruhiy iqlim.

В этой статье представлены научные и объективные отзывы о путях и средствах улучшения коммуникации между учителем и учеником, педагогической коммуникации и воспитания толерантности у учеников во время общения.

Ключевые слова: общение, педагогическое общение, толерантность, типы общения, культура общения, романтические чувства, общество, педагогическое мастерство, педагогическая толерантность, позитивный настрой.

O’quvchi yoshlarda tolerantlikning shakllangani bevosita muloqat jarayonining sifatiga bog’liq bo’ladi. Pedagogik muloqat talaba yoshlarda ularning shaxs sifatidagi barcha yashirin qirralarini ham ochib bera oladi, qachonki muloqatda ikki tomonning faolligi yuqori bo’lsa. Xo’sh, muloqat o’zi nima? «Muloqat» yunoncha so’z bo’lib, «suhbatlashuv», «shaxslararo suhbat» va «O’zoro fikr almashuv» ma’nosini bildiradi, hamda ikki kishi yoki undan ortiq kishilarning so’zlashuvida paydo bo’ladi. Muloqat — o’qituvchining pedogogik faoliyatida eng muhim kasbiy quroli hisoblanadi. Pedagogik muloqat bu o’qituvchining talabalar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatida o’zi uchun eng qulay bo’lgan pisxologik muhitni vujudga keltirib, ijobiy-ruhiy iqlimni yaratish imkoniyatini beradi. Pedagogik muloqat o’qituvchi va o’quvchi yoshlar jamoasining o’zaro ta’sir malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati o’zaro axborat almashuviga ta’lim va tarbiyaviy ta’sir o’tkazishda, o’zaro bir-birlarini tushunishga erishishlarida namoyon bo’ladi. Talaba yoshlar tarbiyasida tolerantlik kurtaklarini ochish, ildizini mustahkamlash faqat bir shaxsninggina emas, balki jamiyat rivojini ham belgilovchi omil sanaladi.

«Tolerantlik» lotincha «tolerantia» — «sabr-toqat» degani bo’lib, bag’rikenglik, o’zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg’ulari, fikr mulohazalari, g’oya va e’tiqodlariga nisbatan toqatli bo’lish. Tolerantlikning asosiy maqsadi o’quvchi yoshlar- bakalavrlarga bag’rikenglik, o’zga din, millat vakillariga hurmat, ularning qadriyatlarini e’zozlash, milliy boyliklariga hurmat bilan qarash, toqatlilik, bardoshlilik, do’stlik, birodarlik, vatanparvarlik, saxiylik, sadoqatlilik, o’zgalarga hurmat nazari bilan qarash ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida tolerantlikka quyidagicha ta’rif berilgan: «Bag‘rikenglik, o‘zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, xis-tuyg‘ulari, fikr-mulohazalari, g‘oyalari va e’tiqodlariga nisbatan toqatli bo‘lish»

  1. Ta’lim- tarbiya jarayonida yoshlarda tolerantlikni tarbiyalashda esa, tarbiya vositalari tarbiyachining o’rni beqiyos hisoblanadi, shuningdek, toleratlik tushunchasi o’z tarkibiga chidam, bardosh, o’zgalarning hayot tarzi, fikrlashi, xatti-harakati, qadriyatlariga toqat qilish, ularga hurmat nazari bilan qarash, atrofdagilarni kamsitmaslik kabi tushunchalarni qamrab olgan. Hozirgi kunda tolerantlik o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga ko’ra har kim o’z e’tiqodiga amal qilishda erkindir. Har kim bu huquqga boshqalar ham ega ekanligini tan olmog’i lozim. O‘zbekiston ko‘p millatli davlat. Bu erda asosiy millat o‘zbeklar bilan birga o‘z madaniyatiga va an’analariga ega bo‘lgan yuzdan ortiq millat va elatlar yashaydi. Ana shunday sharoitda, ko‘pmillatli jipslashgan davlatni barpo etishda, millatlararo va elatlararo bag‘rikenglikka erishish siyosatining ahamiyati benihoya kattadir. Tolerantlikni har tomonlama qo’llab- quvvatlash maqsadida YUNESKO «Bag’rikenglik tamoillari deklaratsiyasi» ni 1995-yil 16-noyabrda qabul qilingan. Jamiyatda turli xalqlar, millatlar va dinlarning o’ziga xos xususiyatlariga nisbatan tolerantlik munoosabatini O’zbekiston misolida ko’rish mumkin. Pedagogik jarayonlarda tolerantlik tushunchalarini talaba yoshlarda shakllantirish bugunning pedagogikasining oldida turgan eng birlamchi masalalaridan biri.
  2. Murojaatnomadagi fikrlarda ham bag’rikenglik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ishlarning sifatiga urg’u berilgan kelajak avlod tarbiyasida bag’rikenglikni kamol topdirish zarurligini ko’rsatadi. Prezidentimiz 30-iyulni O’zbekistonda «Xalqlar do’stligi kuni» deb belgilashni taklif etdilar. Bu millatlar o’rtasidagi do’stlik, hamjihatlikni yanada mustahkamlashning sifat ko’rsatkichi bu yilning ilk namunasi, birinchi qo’yilgan qadamidir. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, talaba yoshlarda tolerantlik tushunchalarini shakllantirish jarayoni nafaqat, pedagogikaning kasbiy mahorati, balki biz ulg’aytirayotgan muhitga ham bevosita bog’liqdir. Tog’rirog’i, mazkur jarayonning muvoffaqiyatli amalga oshirish ta’lim –tarbiya jarayoni va ijtimoiy hayotda tolerantlik muhitining mavjudligi bilan uzviy aloqador. Pedagogning mahorati bevosita kasbiy-pedagogik faoliyatda ko’rinadi. SHu sababli u pedagogik jarayonning umumiy mohiyatini chuqur anglay olishi, bu jarayonda ustivor ahamiyat kasb etadigan qonuniyatlardan xabardor bo’lishi, pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish mexanizimlarini puxta egallay bilish lozim. Ta’lim jarayonini faol ishtirokchisi bo’lgan pedagogning pedagogik mahorati uning shaxsi, ish tajribasi, fuqoralik maqomi, mutaxasis sifatidagi mavqeyi u tomonidan pedagogik texnikaning etarli darajada egallanganligi, kasbiy faoliyatning individualigidan dalolat beradi.
  3. Tolerantlikka ehtiyoj bugun paydo bo’lib qolgani yo’q. Qadim zamonlardan buyon, ne-ne yurtlarni bosib olgan shohlarning ham siyosatida bag’rikenglik yetakchilik qiladi. Masalan, sharq mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy ijodida bag‘rikenglik g‘oyalari yuksak rol o‘ynaganligini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Uning «Baxt-saodatga erishuv yo‘llari haqida risola» («Risola fit tarbix ala asbob as-saodat»), «Shaharni boshqarish» («As siyosat an-madaniya»), «Urush va tinch turmush haqida kitob» («Kitob fi maoyish va-l xurub»), «Fazilatli xulqlar» («As-siyrat al-fazila»), «Fozil shahar odamlari qarashlari» singari asarlari o‘zining boy insonparvarlik va bag‘rikenglik tamoyillari singdirilganligi bilan muxim ahamiyatga egadir.

Turkistonning XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi milliy taraqkiyparvar ziyolilari bo‘lmish jadidlar xam diniy bag‘rikenglik g‘oyalarini ro‘yi rost ifodalab berganlar. Ularning atokli namoyondalari-Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvarkori Abdurashidxonov va boshkalar o‘z asarlarida xam, amaliy faoliyatlarida ham bag‘rikenglik, ya’ni tolerantlik g‘oyalarini targ‘ib qildilar. Chunonchi, A. Fitratning «Munozara» va «Xind sayyohining hikoyalari» asarlarida diniy va milliy bag‘rikenglik mavzusi muxim o‘rin olgan. Pedagogik jarayonlar mutafakkir bobolarimiz, ilm olami keng ijodkorlarning asrlari bilan boyitilsa, bag’rikenglikning teran ma’nolari mohir pedagoglar tomonidan talabalarga yetkazib berilsa, bag’rikeng avlod tarbiya topadi. Zero, barcha zamonlarda ham tolerantlik bilan oziqlangan qalblarga ehtiyoj bo’lgan.

Butun insoniyat uchun alohida shaxs uchun ham bag‘rikenglik, ya’ni tolerantlik birinchi darajali ahamiyatga egadir, millatlararo munosabatlar sohasida esa uning ahamiyati beqiyosdir.

Adabiyot:

  1. O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi.2005-yil. 5-jild.345-bet
  2. «Prezident murojaatnomasi» 2020-yil,29-dekabr
  3. Munavvarov.A.K «Pedagogika» T.»O’qituvchi»1996-yil
Основные термины (генерируются автоматически): YUNESKO.


Ключевые слова

pedagogik mahorat, jamiyat, Muloqat, pedogogik muloqat, tolerantlik, muloqat turlari, muloqat madaniyati, romantik tuyg’ular, pedagogik tolerantlik, ijobiy-ruhiy iqlim

Похожие статьи

Современная ситуация вокруг памятников Всемирного...

Библиографическое описание: Макушева, О. Н. Современная ситуация вокруг памятников Всемирного наследия ЮНЕСКО в России / О. Н. Макушева, А. В...

Сотрудничество Центральной Азии и ЮНЕСКО

Интерес ЮНЕСКО к Центральной Азии проявляется еще с проекта «Восток-Запад» (1957–1966 гг.), когда она уже пыталась рассматривать влияние исторических...

Правовое регулирование деятельности Организации...

Правовое регулирование деятельности Организации Объединенных Наций по вопросам образования, науки и культуры (ЮНЕСКО) в Республике Беларусь.

Международные экологические организации

Объединенных Наций по вопросам образования, науки и культуры (ЮНЕСКО), Всемирная организация здравоохранения (ВОЗ)...

Непрерывное образование: цели, задачи, содержание...

Термин «непрерывное образование» впервые был употреблен в 1968 году в материалах ЮНЕСКО, а в 1972 году принято решение ЮНЕСКО...

Kasb-hunar kolleglarida seminar mashg’ulotlarini tashkil qilishning...

...bunday ko`rsatkichlarni dunyoning boshqa davlatlarida kamdan-kam uchratish mumkinligi bugungi kunda BMT, YUNISEF, YUNESKO va boshqa nufuzli halqaro tashkilotlar tamonidan e`tirof etilmoqda.

Экологическая политика и экологическое движение...

Главной из них является Программа по окружающей среде и развитию (ЮНЕП — ЮНЕСКО). Ее целью является активизация научных исследований по природной...

Способы популяризации науки | Статья в журнале...

Science popularization: its history, triumphs and pitfalls / UNESCO. Paris: UNESCO/Taylor & Francis, 1986. p. 337–414.

Похожие статьи

Современная ситуация вокруг памятников Всемирного...

Библиографическое описание: Макушева, О. Н. Современная ситуация вокруг памятников Всемирного наследия ЮНЕСКО в России / О. Н. Макушева, А. В...

Сотрудничество Центральной Азии и ЮНЕСКО

Интерес ЮНЕСКО к Центральной Азии проявляется еще с проекта «Восток-Запад» (1957–1966 гг.), когда она уже пыталась рассматривать влияние исторических...

Правовое регулирование деятельности Организации...

Правовое регулирование деятельности Организации Объединенных Наций по вопросам образования, науки и культуры (ЮНЕСКО) в Республике Беларусь.

Международные экологические организации

Объединенных Наций по вопросам образования, науки и культуры (ЮНЕСКО), Всемирная организация здравоохранения (ВОЗ)...

Непрерывное образование: цели, задачи, содержание...

Термин «непрерывное образование» впервые был употреблен в 1968 году в материалах ЮНЕСКО, а в 1972 году принято решение ЮНЕСКО...

Kasb-hunar kolleglarida seminar mashg’ulotlarini tashkil qilishning...

...bunday ko`rsatkichlarni dunyoning boshqa davlatlarida kamdan-kam uchratish mumkinligi bugungi kunda BMT, YUNISEF, YUNESKO va boshqa nufuzli halqaro tashkilotlar tamonidan e`tirof etilmoqda.

Экологическая политика и экологическое движение...

Главной из них является Программа по окружающей среде и развитию (ЮНЕП — ЮНЕСКО). Ее целью является активизация научных исследований по природной...

Способы популяризации науки | Статья в журнале...

Science popularization: its history, triumphs and pitfalls / UNESCO. Paris: UNESCO/Taylor & Francis, 1986. p. 337–414.

Задать вопрос