Ona tili darslarida innovatsion texnologiyalarni qo`llash orqali ma’naviy tarbiyani shakllantirish omillari va imkoniyatlari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 11 мая, печатный экземпляр отправим 15 мая.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №4 (294) январь 2020 г.

Дата публикации: 28.01.2020

Статья просмотрена: 6508 раз

Библиографическое описание:

Солиева, Х. А. Ona tili darslarida innovatsion texnologiyalarni qo`llash orqali ma’naviy tarbiyani shakllantirish omillari va imkoniyatlari / Х. А. Солиева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 4 (294). — С. 489-491. — URL: https://moluch.ru/archive/294/66810/ (дата обращения: 02.05.2024).



Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari, imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, muallif maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ma’naviy-ahloqiy tarbiyasini shakllantirishga erishish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tgan.

Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, axborot texnologiyalari, rivojlantirish, shakllantirish, ta’lim texnologiyalari, o‘quvchi ma’naviyati.

В статье речь идет о необходимости использования инновационного подхода в духовном формировании обучаемых на начальном этапе системы образования. Также автор предлагает ряд мероприятий, посвященных формированию у учеников духовно-нравственных качеств.

Ключевые слова: начальное образование, информационные технологии, развитие, формирование, духовность, инновация.

The article highlights preference and opportunities of informational-communicational technology application in moral enlightening in initial stage of educational system.

Key words. Еeducation system, initial stage, informational technologies, development, formation, learner, education technologies, learner’s moral discipline.

Axborot — kommunikatsion texnologiyalari barcha sohalar qatori ta’lim tizimiga ham izchillik bilan kirib kelmoqda. Jumladan, axborotlashtirilgan multimediali ta’lim texnologiyalarini boshlang‘ich ta‘limga joriy etish orqali o‘tiladigan fanlar mazmunini o‘quvchilar ongiga to‘ liq va mukammal ravishda singdirish, innovatsion vositalar bilan tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari boshlang‘ich ta’limda multimedia vositalaridan samarali foydalanishning o‘ziga xos afzalliklari ham bor. Ularni quyidagicha ifodalash mumkin:

− ta’limda ko‘rgazmalilik eng asosiy o‘rinlardan birini egallaydi;

− o‘quvchini izlanishga undaydi;

− o‘quvchi ta’lim jarayonini bir vaqtning o‘zida ko‘radi, uni eshitadi, o‘quvchilarga kengroq qamrovdagi va kattaroq hajmdagi materiallarni tezroq yetkazib beriladi;

− o‘quvchi tafakkurini faollashtiradi;

− o‘quvchi faoliyatining ijobiy motivini hosil qiladi;

− mashg‘ulotlarni jonli va muloqotli tarzda olib borishga imkoniyat tug‘iladi;

− ta’lim mazmuniga tegishli materiallarni kompyuter xotirasida saqlab ularni

− o‘quvchilarga xohlagan vaqtda yetkazish imkoniyati bo‘ladi;

− o‘z-o‘zini namoyish etish imkoniyatini beradi, ta’lim mazmunini yoritishda animatsiyalardan foydalanishning keng imkoniyatlari yaratiladi. Shuning bilan birga, maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning va o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy tarbiyasi eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib, shu orqali jamiyat ma’naviyatini shakllantirishga erishish mumkin. Shuningdek, boshlang‘ich ta’limda axborot-kommunikatsion vositalaridan foydalanish jarayonida o‘quvchi-yoshlarning mafkuraviy immunitetini shakllantirib, uni mustahkamlab borish lozim. Albatta bu ishlarni oiladan boshlash kerak, ya’ni oilada farzandlarimizdagi ma’naviy sifatlarni tarbiyalashdan boshlash zarur, chunki ularga berilgan tarbiya o‘zlari bilan o‘sib takomillashib boraveradi. Shuning uchun ham farzandlarimiz ma’naviyatini shakllantirish va uni yuksaltirishni avvalo oiladan, keyin esa bosqichma-bosqich uzluksiz ta’lim tizimida olib boriladi. Qolaversa, boshlang‘ich ta’limda ona tili fani mazmuniga Vatan tuyg‘usi, milliy g‘urur, an’ana va milliy qadriyatlarimizni o‘quvchilar ongiga singdirish hamda muomala madaniyati, ovqatlanish, kiyinish, saranjom-sarishtalik, odobli, mehnatsevar bo‘lish kabi insoniy sifatlarni shakllantirib borish lozim. O‘quvchilarga ma’naviy tarbiya berishni quyidagi uch yo‘nalishda olib borgan ma’qul:

  1. O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishga ijobiy ta’sirlar.
  2. O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishga salbiy ta’sirlar va ularni bartaraf etish.
  3. O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishning multimediali ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va undan amaliyotda keng foydalanishga erishish.

Shuningdek, multimedia usuli ta’lim samaradorligini oshirishda quyidagi ta’limiy va tarbiyaviy afzalliklarga ega: axborotning xilma-xilligi: matn, lavha, bezak, nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiyalardan foydalanishga erishiladi; “Inson — kompyuter” interaktiv muloqotning yangi darajasi ancha keng bo‘ladi va undan har tomonlama axborotlarni oladi; o‘quvchilarga ta’lim olishda ijodiy munosabatni uyg‘otadi va bu o‘z navbatida ularga ishonchni shakllantiradi; o‘quvchilar tafakkurini faollashtiradi; o‘quv faoliyatining ijobiy motivini hosil qiladi; o‘z-o‘zini namoyish etish imkonini beradi; turli fikr va mulohazalarga diqqatni jalb qilishni o‘rganadi; yangi fikr-mulohazani bildirishga va o‘zlashtirishga ruhan tayyor bo‘ladi. Bugungi kun o‘quvchisi, ularning orzu-intilishi, qiziqishlari orasida ham katta farq bor. Shundan kelib chiqib bugungi kun o‘qituvchisi nafaqat mamlakatimizda, balki dunyo miqyosida ro‘y berayotgan yangiliklardan vaqtida xabardor bo‘lishi, o‘z sohasiga doir zarur ilmiy yangiliklarni mehnat faoliyatiga tatbiq etishi, faqat darslikka tayanib qolmasdan, mavzu ko‘lamini o‘quvchilarga anglata bilishi, o‘z ustida tinmay izlanishi, o‘zida bor bilimlarni yanada kengaytira borishi lozim. Donishmandlarimiz aytganidek: «O‘qitish — ikki barobar o‘qish demakdir». Demak, har bir o‘qituvchi-murabbiy bu o‘gitga amal qilar ekan, aslo kam bo‘lmaydi. Eng katta farq esa hozirgi kun o‘qituvchisining ish faoliyati innovatsion axborot texnologiya dunyosi, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rni borligida.

O‘qituvchilik kasbining qator mas’uliyatlarini sanab o‘tish mumkin. Bular qatoriga bola ruhiyatini o‘rganish, undagi salbiy jihatlarga qarshi kurasha olish, o‘quvchilari qalbida o‘z faniga qiziqish uyg‘otish barobarida Vatanga, oilaga, ota-onaga, do‘stlariga nisbatan mehr-muhabbatli qila olish, har bir o‘quvchining oilaviy sharoitini o‘rganib, otaonasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabilarni kiritish mumkin. Biz o‘qituvchilar yosh avlod ongiga shakl beruvchi, ularni yuksak pog‘onalarga olib chiquvchi sharafli kasb egalari ekanligimizni ham unutmasligimiz kerak. Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi har bir inson uchun hayotda bilishi shart hisoblangan to‘g‘ri so‘zlash, ifodali o‘qish, o‘z fi krini mustaqil bildira olish, og‘zaki va yozma nutq hamda savodxonlikning imkon qadar yuqori darajasini egallashlarida ko‘prik vazifasini bajaradi. Bu ham uning zimmasidagi mas’uliyatning bir ko‘rinishidir. O‘qituvchi xalqi shunday xalqki, u har bir o‘quvchisini o‘z farzandidek qabul qiladi, uning yutug‘idan to‘libtoshib faxrlanadi, iztirobiga bab-baravar sherik bo‘ladi. Ba’zi hollarda ayrim o‘quvchilarning og‘ir oilaviy sharoiti, ota-onasi qaramog‘ida emasligi va bu uning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi, ba’zan bolalar tarbiyasi faqat maktabdagina nazorat ostida bo‘lishi, bunday o‘quvchilarning muntazam darslarda qatnashmasligi kabilar o‘qituvchilarimiz dilini xiralashtiradigan jihatlar hisoblanadi, chunki o‘qituvchi uchun bolaning begonasi bo‘lmaydi, u barchasini o‘z farzandidek ko‘rib yashaydi...

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, ta’lim mazmunini boyitishga oid ishlarni muntazam ravishda olib borish lozim. O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishda pedagogik omillarni ham ko‘plab topsa bo‘ladi. Ular ta’lim mazmunini yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga mustahkam didaktik asos bo‘la oladi va ularni ta’lim mazmuniga ustalik bilan kiritish esa, o‘ziga xos innovatsion jarayon bo‘lib, bunda o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat talab etiladi.

Adabiyot:

  1. Sayidaxmedov N. Pedagogik amaliyotda yangi texnologiyalarni qo‘llash namunalari. — T.: RTM, 2000. — 46 b.
  2. G‘ulomova M. X., Sobirova N. K. Yangi innovatsion texnologiya yordamida ta’lim samaradorligini oshirish usullari // Innovatsiya o‘quv jarayonida (tezislar to‘plami). –T.: 2009.– 106 b.
Основные термины (генерируются автоматически): RTM.


Ключевые слова

boshlang‘ich ta’lim, axborot texnologiyalari, rivojlantirish, shakllantirish, ta’lim texnologiyalari, o‘quvchi ma’naviyati

Похожие статьи

Разработка методики выбора параметров армирования для...

Для волокна M46J, связующего RTM6 построен график функции . На рис. 2. показаны зоны и . Заметим, что по технологическим ограничениям угол армирования должен быть более 15о и...

Использование чат-ботов в различных сферах повседневной жизни

В настоящей статье приводится обзор систем, использующих чат-боты, в зависимости от сферы и целей их применения. Рассматриваются платформы и сервисы для их создания и интеграции...

Движущие силы инноваций в нефтяной промышленности США

Например, алгоритм, разработанный Intel (Reverse Time Migration — RTM) используется для генерации наиболее точных фотографий, что приводит к снижению затраченных денег и...

Некоторые предложения по озеленению учреждений...

RTM, HISTORY, NTRODUCTION, MODEL, DEVELOPING, DESIRE, CONCLUSION, CENTRAL, ASIA, PEDAGOGICAL. Похожие статьи.

Похожие статьи

Разработка методики выбора параметров армирования для...

Для волокна M46J, связующего RTM6 построен график функции . На рис. 2. показаны зоны и . Заметим, что по технологическим ограничениям угол армирования должен быть более 15о и...

Использование чат-ботов в различных сферах повседневной жизни

В настоящей статье приводится обзор систем, использующих чат-боты, в зависимости от сферы и целей их применения. Рассматриваются платформы и сервисы для их создания и интеграции...

Движущие силы инноваций в нефтяной промышленности США

Например, алгоритм, разработанный Intel (Reverse Time Migration — RTM) используется для генерации наиболее точных фотографий, что приводит к снижению затраченных денег и...

Некоторые предложения по озеленению учреждений...

RTM, HISTORY, NTRODUCTION, MODEL, DEVELOPING, DESIRE, CONCLUSION, CENTRAL, ASIA, PEDAGOGICAL. Похожие статьи.

Задать вопрос