Ijtimoiy himoya tizimining zamonaviy tendensiyalari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 11 мая, печатный экземпляр отправим 15 мая.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №22 (260) май 2019 г.

Дата публикации: 03.06.2019

Статья просмотрена: 3609 раз

Библиографическое описание:

Абдулазизова, Н. Б. Ijtimoiy himoya tizimining zamonaviy tendensiyalari / Н. Б. Абдулазизова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 22 (260). — С. 681-683. — URL: https://moluch.ru/archive/260/59974/ (дата обращения: 29.04.2024).

Maqolada globalizatsiya sharoitida aholi ijtimoiy himoyas tizimi tahlil qilingan. Aholi ijtimoiy himoya tizimining rivojlanishining asosiy yo`nalishlari va dolzarb muammolari aniqlangan.

Kalit so`zlar: ijtimoiy himoya, ijtimoiy siyosat, ijtimoiy himoya modellari.

В статье представлен анализ системы социальной защиты населения в современных условиях глобализации. Представлены основные направления развития системы социальной защиты населения, а также выявлены актуальные проблемы.

Ключевые слова: социальная защита, социальная политика, модели социальной защиты.

Ijtimoiy himoya — bu insonning hayoti va faol mavjudligi ehtiyojlarini qondirish, hayot sharoitining minimal darajasini kafolatlashga qaratilgan tadbirlar va muassasalar tizimidir. Bugungi kunda ijtimoiy himoya insoniylik, manzillilik, komplekslilik, shaxsning huquq va erkinliklarini ta`minlash kabi tamoyillarga asoslanadi. Aholini ijtimoiy himoya qilishdan maqsad: oilalar va individlarning moddiy ehtiyojlarini ta`minlash, nafaqaxo`rlar va nogironlarni himoya qilish, oilalarni birdamligini saqlash, bolalarga sog`lom va xavfsiz voyaga yetishlari uchun zamin yaratishdan iborat.

Ijtimoiy himoya tizimining tarixiy evolyutsiyasiga nazar tashlasak u dastlab diniy jamoat muassasalari, masjid, madrasa yoki cherkovlar orqali amalga oshirilgan. Uning ilk ko`rinishi milodiy 347-yilda Rim imperiyasida ochiq hayriya maktablarining paydo bo`lishi bilan izohlanadi. Keyingi bosqichlarda Rossiya, Germaniya, AQSH, Angliya va Yevropada ijtimoiy himoya tizimining asoslari va mexanizmlari yaratildi. Uzoq yillik jahon tajribasi asosida ijtimoiy himoyani amalga oshirishning zamonaviy modellari shakllandi. Ular quyidagilardan iborat:

  1. Sotsial demokratik model — Bunda ijtimoiy himoyaning barcha masuliyatini davlat o`z zimmasiga oladi. M: Skandinaviya mamlakatlari, Yaponiya
  2. Neoliberal model — unga ko`ra ijtimoiy himoyaning aksariyat qismini tadbirkorlar va kasaba uyushmalari bajaradilar. Bunga AQSH yaqqol misoldir.
  3. Neokonservativ model — bunda ijtimoiy himoy davlat kafolatlari javobgarligida xususiy tadbirkorlar va davlat federal byudjeti asosida olib boriladi. Germniyani misol qilish mumkin.

Bundan tashqari hozirda ijtimoiy himoyaning ommaviy modellari ham mavjud:

1) Welfare — bu tizim o`z navbatida 3 ta atribut: farovonlik, ta`minot va nafaqadan tashkil topgan.

2) Medical aid.

Butun dunyoda ana shu modellarning u yoki bu ko`rinishiga asoslangan ijtimoiy siyosat olib boriladi. Ijtimoiy siyosat — bu davlat, nodavlat notijorat tashkilotlar va nohukumat jamoat birlashmalarining aholi zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun amalga oshirayotgan tadbirlarning maqsadga yo`naltirilganligidir. Ijtimoiy siyosat ijtimoiy totuvlik va ijtimoiy himoyaning yig`indisidan iborat. Ijtimoiy siyosatning o`ziga xos belgilari mavjud bo`lib, ular orqali dunyo mamlakatlarida yuritilayotgan ijtimoiy siyosatga baho berish mumkin. Quyida ana shu belgilarni ko`rib chiqamiz:

− Aholining pul daromadlari va tovar zaxiralari o`rtasidagi muvozanatni saqlab turish;

− Fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash uchun qulay imkoniyatlarni yaratish;

− Ko`rsatilayotgan xizmatlar va tovarlar sifatiga bo`lgan aholi talabini qondirish;

− Aholi salomatligini mustahkamlashning moddiy bazasini kengaytirish;

− Jamiyat aholisining ma`lumot va madaniy darajasining o`sishi uchun islohotlar olib borish.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy himoyaning 4 ta tashkiliy-huquqiy shakli mavjud: ijtimoiy himoya, xususiy sug`urta, korxonalar tomonidan ko`rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar, ijtimoiy sug`urta.

XXI asrda bozor iqtisodiyoti sharoitida globalizatsiya jarayonlarining chuqurlashishi, inqirozlarning mamlakatlar iqtisodiyotiga keng qamrovli ta`siri natijasida davlat qarzlarining o`sishi, ishsizlikning yuqoriligi, demografik jarayonlarning keskin o`zgarishi, ekologik muammolar, dunyodagi siyosiy beqarorliklar kabi qator omillar ijtimoiy himoyaning rolini kuchayishiga olib keldi. Chunki davlatlar rivojlangani sari aholining ham talablari oshib bormoqda. Aholini ijtimoiy himoya qilishda turli mintaqalar va davlatlarda turli tendensiyalar kuzatilmoqda.

Rivojlanayotgan industrial mamlakatlarda ijtimoiy himoya tizimi kompleks ravishda olib boriladi. Bu jarayonda xususiy sug`urta kompaniyalari faol ishtirok etadilar. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ijtimoiy himoyaning madaniyat va an`analar bilan bog`liq shakli ham uchraydi. Ya`ni qarindoshlar, qo`shnilar, oila a`zolari, hayriya tashkilotlari diniy tashkilotlar tomonidan ham qo`llab-quvvatlanadi va ular ijtimoiy himoyada muhim rol o`ynaydi. Ko`pincha ular mamlakatdagi ijtimoiy himoyaning eng muhim mexanizmi ekanligi bilan xarakterlanadi.

Yevropaning rivojlangan mamlakatlari, Lotin Amerikasining rivojlanayotgan mamlakatlari, Afrika va Osiyoning jadal rivojlanayotgan mamlakatlarining ijtimoiy himoya tizimi bir biridan tubdan farq qiladi. Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Filippin kabi mamlakatlar ijtimoiy himoyaga YaIMning 1 yoki 2 %ini, Tunis, Janubiy Afrika, Xitoy, Janubiy Koreya, Mavritaniya, Seyshill orollari va Lotin Amerikasining ba`zi mamlakatlarida YaImning 5–20 %ini ajratadilar.

Osiyo inqirozi davrida rivojlanayotgan mamlakatlar 2 xil yo`l bilan ijtimoiy himoyani amalga oshirdi. Singapur, Malayziya, Indoneziya, Filippin kabi davlatlar ijtimoiy himoyaga xarajatlarni kamaytirib asosiy yukni oilaga tashladi, Janubiy Koreya, Taivan, Tailand kabi davlatlar esa aksincha ijtimoiy himoya tizimini qo`llab-quvvatlashni kengaytirdi. Umuman olganda Sharqiy Osiyo mintaqasi mamlakatlarining ijtimoiy himoya modeli g`arbnikidan bir muncha farq qiladi. Ya`ni:

− Aholi ijtimoiy farovonligini ta`minlashda davlatning roli juda chegaralangan, oila, mahalliy boshqaruv organlarining roli esa muhim;

− Davlat ijtimoiy himoyaga xarajatlari juda past (YaIMning 7 %, YIda esa YaIMning 34 %ini tashkil etadi)

− Ijtimoiy sohaga xarajatlar tarkibi ham g`arbnikidan mutloq farq qilib, ta`limga ko`proq e`tibor beriladi.

Ijtimoiy himoyaning g`arb modeli ushbu sohaga davlat xarajatlarining yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida qariyalarga, yolg`iz yashaydiganlarga nafaqa, sog`liqni saqlashga ko`p mablag` ajratiladi. Ayniqsa Skandinaviya mamlakatlari Finlandiya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiyada bunday xarajatlar yuqori darajada. Davlat ijtimoiy himoyani amalga oshirishda aholining barcha qatlamini qamrab oladi.

Rivojlangan mamlakatlardan AQSHda esa ijtimoiy himoyaning nomarkazlashgan ko`rinishi amal qiladi. Ya`ni ijtimoiy himoya davlat siyosati emas, u turli kompaniyalar va nohukumat notijorat tashkilotlar, kasaba uyushmalari tomonidan shtat va federal qonunchilik doirasida olib boriladi. Davlat ijtimoiy ta`minot tizimi AQShda 2 ga bo`linadi: ijtimoiy sug`urta va davlat yordami. Amerikada ijtimoiy sug`urtaning turli ko`rinishlari mavjud. Xususan, qarilik nafaqasi, ishsizlikda yordam puli, boquvchisini yo`qotganda nafaqa, ishga layoqatsiz bo`lganda, ish joyida jarohat olganda, 65 va undan yuqori yoshlilarga tibbiy xizmatlar uchun yordam kabilar shular jumlasidandir.

Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy himoya uzoq yillar davomida shakllanib, rivojlanib, o`zgarib kelmoqda. Globalizatsiya sharoitida ijtimoiy himoyaning roli yanada aktuallashadi. Chunki tezkor globalizatsiya, integratsiya jarayonida ijtimoiy muammolar chuqurlashib bormoqda. Bu esa o`z navbatida jamiyat infrastrukturasini o`zgarishiga olib kelishi va bu katta mablag`ni talab qilishi mumkin. Demak, bunday vaziyatda aholini ijtimoiy himoya qilish zarurati yuzaga kelmoqda. Tendensiyalarga nazar tashlasak, bugungi kunda dunyo mamlakatlari ijtimoiy sohani boshqarishda davlatning aralashuvini minimallashtirib, nodavlat notijorat tashkilotlar, kasaba uyushmalarining rolini kuchaytirib bormoqda. Shuningdek, ijtimoiy sohada xizmat turlari diversifikatsiyalashib, uning tarkibi ham bir muncha o`zgarib bormoqda. Ijtimoiy himoyaning bugungi kundagi ahvoliga quyidagicha baho berish mumkin:

− Rivojlangan mamlakatlarda asosan qariyalarni, yolg`iz yashovchilarni hamda ishsizlarni himoya qilinadi. Chunki bu mamlakatlarda iqtisodiyotning yuqori rivojlanganligi, aholi daromadlarining oshganligi, hayot tarzi demografik muammolarning yuzaga kelishi va tabiiy tug`ilish miqdorining keskin tushib ketganligi bilan xarakterlanadi. Paradoks shundaki, tug`ilish pastligiga qaramay, rivojlangan mamlakatlarda umr ko`rish yoshi yuqori hisoblanadi. Bu o`z navbatida nafaqaxo`rlarni ijtimoiy himoya qilish muddatini uzoqlashtiradi va mehnat bozorida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy faol aholiga soliq yukini og`irlashtiradi. Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlar nafaqa yoshini uzaytirish kabi choralarni qo`llamoqdalar. Bunday muammolarni xal qilishda rivojlangan mamlakatlar ijtimoiy himoya tizimini boshqarishning murakkab dastaklaridan foydalanadilar.

− Rivojlanayotgan yoki qashshoq mamlakatlarda tug`ilish yuqori bo`lganligi sababli mehnat bozoriga ishchi kuchi yetishmasligi muammolari yo`q. Lekin bu mamlakatlarda ta`lim, sog`liqni saqlash kabi ijtimoiy soha tarmoqlariga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda tabiiy ravishda ijtimoiy himoyaga ajratilayotgan mablag` miqdori va ijtimoiy farovonlik, barqarorlik ham keskin farq qiladi.

Adabiyot:

  1. Церкасевич Л. В. Современные тенденции социальной политики в странах ЕC: учеб. пособие. СПб., 2002.
  2. The social dimension of the Europe 2020 strategy:A report of the Social Protection Committee. DirectorateGeneral for Employment, Social Affairs and Inclusion.Unit D. 1. March 2011. URL: http://ec.europa.eu.
Основные термины (генерируются автоматически): AQSH, URL, социальная защита, социальная защита населения, социальная политика.

Ключевые слова

ijtimoiy himoya, ijtimoiy siyosat, ijtimoiy himoya modellari

Похожие статьи

Проблемы социальной защиты населения | Статья в журнале...

Ключевые слова: социальная поддержка населения, социальная политика, проблемы социальной поддержки, меры по повышению эффективности социальной помощи, приоритетные цели социальной защиты. Социальная поддержка населения — это...

Государственная политика в сфере социальной защиты...

Государственная программа Республики Коми «Социальная защита населения на 2013–2020 годы» [3] ставит основную цель: обеспечение социальной защитой уязвимых категорий населения, обеспечение доступности и повышение качества социальных услуг для населения.

Государственная политика в области социальной защиты семей...

Цель социальной защиты граждан представляется в снижении, предупреждении и преодолении социальных рисков.

социальная защита населения, социальная защита, Российская Федерация, социальная политика, услуга, социальное обслуживание, уязвимая категория...

«Социальная защита» – понятие и смысл | Статья в журнале...

Социальная защита населения является практической деятельностью по реализации основных направлений социальной политики.

Узкий подход. Социальная защита - это система мер, обеспечивающая социальную защищенность не трудоспособным слоям населения, а...

Социальная помощь в системе социальной защиты населения

Особенностью совершенствования системы социальной защиты в Узбекистане является то, что главная ответственность за поддержку наиболее уязвимых слоев населения и ключевых отраслей социальных услуг — образования и здравоохранения сохраняется за государством...

социальная защита населения, социальная защита, Российская...

социальная защита, социальная политика, рыночная экономика, социальная политика государства, социальная защита населения, жизненный уровень, приемлемая социальная инфраструктура, социально-демографическая...

Социальной защите населения всегда отводится огромная роль.

4. Обеспечить эффективную защиту населения: повышение качества социальной защиты населения, охрана здоровья, культуры, обеспечения жильем, улучшение демографической ситуации. Социальная политика реализуется государством в основных сферах социальных...

Социальная защита работающего населения в Российской...

Социальная защита работающего населения находится в России в стадии реформирования, и ее развитие всецело зависит от социальной политики государства. Государственная социальная политика, как представляется, должна быть направлена на улучшение...

Социальная поддержка и социальная помощь населению на...

В данной статье поднимается проблема социальной поддержки и социальной помощи

Аверин А. Н. Государственная система социальной защиты населения: учебное пособие.

социальная политика, социальная поддержка населения, проблемы социальной поддержки...

Задать вопрос