«Boburnoma»da Kobul ta’rifi | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 27 апреля, печатный экземпляр отправим 1 мая.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №25 (367) июнь 2021 г.

Дата публикации: 15.06.2021

Статья просмотрена: 324 раза

Библиографическое описание:

Собиров, Ж. З. «Boburnoma»da Kobul ta’rifi / Ж. З. Собиров. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2021. — № 25 (367). — С. 543-545. — URL: https://moluch.ru/archive/367/82429/ (дата обращения: 19.04.2024).



Ushbu maqolada shoh asar Boburnomadagi Qobul viloyatining beqiyos tabiati taʼrifi, hududiy joylashuvi, Mirzo Boburning bu viloyatda hukmdor boʻlganligi, bu yurtda amalga oshirgan ishlari haqida soʻz yuritiladi.

Kalit so`zlar: Zahiriddin Muhammad Bobur, «Boburnoma», Shohi kobul, Obi Angur.

В статье описывается уникальная природа провинции Кабул в королевской работе Бобурнома, ее территориальное расположение, правление Мирзо Бабура в этом регионе и его деятельность в этой стране.

Ключевые слова: Захириддин Мухаммад Бабур, «Бобурнома», Шахи Кабул, Оби Ангур.

Bobur Kobulni joni-dili bilan sevgan. U shu yerda bo`lajak ulug` saltanat asosini yaratdi, buyuk imperiyaga zamin yaratgan, uning farzandlari ham shu joyda tavallud topgan. Bobur umrining so`nggi daqiqalarida ham Kobulni eslagandi.

Kobulni ta’riflab Bobur «Boburnoma»da Mulo Muhammad Tolib Muammoyining mana bu baytini keltirgan: «Bixur dar arki Kabul may, bigordor kosa paydarpay, ki ham ko`xastu ham daryoyu ham shaxrastu ham sahro», yani: «Kobul arkida ham may ich, kosani ketma-ket aylantirki, bu yer ham tog`, ham daryo, ham shahar, ham sahrodir». [1.B.141]

Kobul ko`p millatli viloyat bo`lgani uchun aholisi ko`p tillarda so`zlashganlar. «Boburnoma»da bu haqida shunday deyiladi:

O`n bir-o`n ikki tilda Kobul viloyatida so`zlashadilar: arabiy, forsiy, turkiy, mo`g`uliy, hindiy, afg`oniy, pashoyi, parojiy, g`arbiy, barakiy, lamg`oniy. Bunchalik har hil qavmlar va boshqa-boshqa tillarda gaplashish boshqa hech bir viloyatda yo`q.[2.B.22].

Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma»da rabbiyul avval oyining oxirlarida Kobul viloyanini fath etganini bayon qiladi va bu viloyatni quyidagicha tasvirlaydi:

Kobul viloyati to`rtinchi iqlimdadir. Shahar obod yerlarning o`rtasida joylashgan. Sharqi Lamgonot, Purshovar, Xashnagar va ba’zi Hind viloyatlaridir. G`arbi tog`li maskanlardir, Karnud va G`o`r o`sha tog`lardadir. Hozirgi paytda Hazora va Naqdariy. Hozirgi paytda hazora va naqdariy qavmlarining maskani shu tog`lardir. Shimoli Hindikush tog`iga tutashgan. Qunduz va Andarob viloyatlaridir. Janubi Farmul, Nagar, Bannu va Afg`onistondir. [3.B.105].

Kobul viloyati barcha tarafdan tog` bilan o`ralgandir. Ayniqsa bu tog`lar Kobulning ko`rkiga ko`rk bag`ishlashi bilan ham ahamiyatga molikdir. Bobur Mirzoning asarida ham buni yaqqol ko`rishimiz mumkin.

Kichkina viloyatdir. Uzunasiga cho`zilgan. Sharqdan g`arbga tomon yastangan. Atrof-tevaragi batamom tog`dir. Qal’asi toqqa tutashgan. Qal’aning g`arbi-janub tarafida kichikroq tog` bor. U tog`ning cho`qqisida Kobul shohi imorat qilgani bois bu tog`ni Shohi Kobul deydilar. Bu tog` Devarin tog`daradan boshlanadi. Dehi Y’qub darasida tugaydi. Gir aylanasi iki shar’iy keladi. Bu tog`ning etaklari tamomila bog`lardir. Qal’aning janubida Shohi Kobul tog`ining sharqida bir katta ko`l bor. Aylanasi bir shar’iyga yaqinlashadi. Shohi Kobuldan Kobulga tomon uch kichikroq chashma oqib chiqadi: ikkitasi Gulkina mavzesidadir. Bir chashma boshida Xo`ja Shamu nomli mozor bor; [4.B.105].

Shohi Kobul tog`i

Darhaqiqat, Shohi Kobul tog`ining viloyatda o`rni beqiyos. Viloyat suvlarining ko`pligi bilan ham e’tiborga loyiqdir. «Boburnoma» asarida bu o`lka suvlari ta`rifi ham o`rin olgan.

Kobul viloyatida savdo-sotiq ham ancha rivojlangan. Boshqa davlat va viloyatlar bilan savdoda bu viloyat yuksak o`ringa ega bo`lgan. «Boburnoma»da takidlanishicha, Xitoy va Rimdan Kobulga har yili 7-8-10ming ot keladi. Kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlari savdosida ham mashhurdir.

Huddi arablar arabdan boshqani «ajam» deganlaridek, hindistonlik hindistonlik bo`lmaganlarni «Xuroson» deydi. Hindiston bilan Xuroson orasida quruqlikdagi yo`;da ikki katta qo`nimgoh bor: biri – Kobul, yana biri – Kandahor. Kobulga Koshg`ar, Farg`ona, Turkiston, Samarqand, Buxoro, Balx, Hisor va Badaxshondan karvonlar keladi. Xurosondan karvon Kandahorga keladi. Hindiston bilan Xurosonni bog`lovchi vosita Kobul viloyatidir. Ko`p yaxshi savdo maskanidir. Savdogarlar Xitoyga yoki Rumga borsalar ham shunchalik savdo qila oladilar. [5.B.106].

Kobul viloyatida pishib yetilgan mevalar ham nihoyatda shirin bo`ladir. Bunga hatto Zahirdin Muhammad Boburning o`zi ham guvoh bo`lgan va shoh asari «Boburnoma’da ta`riflab o`tgan.

Issiq iqlim mevalaridan, chunonchi, norunj (apelsin), turunj (limon), amluk va nayshakarni Lamgonotdan keltiradilar. Nayshakarni men keltirib ektirib edim. Chilg`o`zani Nishrovdan keltiradilar. Kobul atrofidagi tog`lik joylardan asal ko`p keladi. Asalxonalari border. Birgina G`azni tarafdagi tog`lik maskanlardan asal kelmaydi, holos. Kobulning ravochi yaxshi bo`ladi. Behi bilan karolisi ham yaxshidir. Bodringi ham yaxshi. Bir nav uzumi bor, obi angur deyishadi, juda yaxshi uzumdir. Mast qiladigan chogirlari bo`ladi. Xoja Hovand Sayyid tog`i etaklarining sharobi achchiqligi bilan mashhurdir. Hali ham uning ta’rifini taqlid bilan keltiradilar: «May lazzatini mast bilur, hushyorlarga ne huzur?!». [6.B.106].

Obi Angur

Bobur bunda «G`azni tarafidagi Ko`histondin asal kelmas», der ekan uninmg Afg`oniston jug`rofiy sharoitini ne chog`li chuqur o`rgangani, aniq ilmiy xulosaga kelgani ma’lum bo`ladi. [7.B.103]

Ushbu viloyat barcha tomonlama yuksak, ya`ni, tog`lari ko`p, sersuv, havosi sof, mevalari shirin bo`lsa-da, ammo dehqonchilikda bunday hususiyatda ega emas.

Ekini yaxshi bo`lmaydi. Agar Xuroson urug`i bo`lsa, unchalik yomon bo`lmaydi. Juda latif havosi bor. Kobul havosidek havoli yer olamda borligi ma’lum emas. Yozlarda kechalari po`stinsiz yotib bo`lmaydi. Qishda qor garchi aksar qattiq tushsa-da, lekin qattiq sovug`i yo`qdir. Samarqand va Tabriz ham hushhavolikda mashhurdir, lekin u shahrlarda qattiq sovuq bo`ladi. Kobul viloyati mustahkam berk viloyatdir. Yot yovning bu viloyatga kirmog`i mushkul. [8.B.106].

Kobul viloyatida tog` ko`p bo`lganligi sababli, shubhasiz dovonlari ham ko`pdir. Bu dovonlar bir-biri bilan anchagina farq qiladi. Viloyat dovonlari haqida Zahiriddin Muhammad Boburning «boburnoma» asarida quyidagi ta`rif beriladi.

Baxl, Qunduz va Badaxshon bilan Kobul orasida hindikush tog`i yastangan. Bu tog`dan yeti yo`l oshadi, uch yo`l Panjhirdadir. Yuqoriroq Havok dovonidir, Undan quyiroq Tul, undan quyiroq Bozorak dovonlari. Bu uch dovondan yaxshirog`i Tuldir. Lekin yo`li biroz uzunroqdir. Aftidan, shu bois Tul (uzun) deganlar. To`g`rirog`ida Bozorakdir. Tul va Bozorak dovonlari orqali Sarobga tushiladi. Bozorak dovonini Sarob ali Porandiy qishlog`iga ingani uchun Porandiy dovoni deyiladi. Yana biri Parvon yo`lidir. Katta dovon bilan Parvon orasida yana yeti dovon borligi uchun Haftbacha ( yettibolali) deydilar. Andarob tarafdan ikki yo`l kelib, katta dovonga qo`shilib, Haftbacha bilan Parvonga keladi. Ko`p mashaqqatli yo`ldir. Uch yo`l G`urbanddadir. Parvon yo`liga yaqinroq yo`l Yangiyo`l dovonidir. U Valiyon va Hindjonga inadi. Yana bir yo`l Qipchoq dovonidir. U Andarob suvi bilan Qizilsuvning qo`shilishiga qarab tushadi. Bu yo`l ham yaxshi yo`ldir.[9.B.107].

Har bir joy turli faslda turli ko`rinishda bo`lishi ma’lum. Shunday ekan Kobul viloyati dovonlari ham yoz, kuz, qish fasllarida o`zgacha ko`rinishda bo`ladi. Bobur asarida bu ko`rinishning tasvirlanishi ham o`zgachadir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Rustambek Xoji Shamsuddin o’g`li:»Boburni Izlab»-Andijon.:»Meros»n-1993, 141-bet
  2. «Boburnoma»-T.:»O`qituvchi»n-2008, 22-bet
  3. «Boburnoma»-T.:»O`qituvchi»n-2008, 105-bet
  4. «Boburnoma»-T.:»O`qituvchi»n-2008, 105-bet
  5. «Boburnoma»-T.:»O`qituvchi»n-2008, 106-bet
  6. «Boburnoma»-T.:»O`qituvchi»n-2008, 106-bet
  7. Hasan Qudratillayev:»Bobur Armoni»-T.:»Sharq»n-2009, 103-bet
  8. «Boburnoma»-T.:»O`qituvchi»n-2008, 106-bet
  9. «Boburnoma»-T.:»O`qituvchi»n-2008, 107-bet
Основные термины (генерируются автоматически): Кабул.


Ключевые слова

Zahiriddin Muhammad Bobur, «Boburnoma», Shohi kobul, Obi Angur

Похожие статьи

Военно-воздушные силы Афганистана в 1921–1929 гг.

В сентябре-октябре войска генерала Надир-хана выбили Хабибуллу из Кабула. 10 октября Надир-хан стал падишахом Афганистана.

Возникновение и становление организационных структур...

В результате совершенствования форм собственности и хозяйствования за счет производительных сил общества сформировались современные организационные...

Семантика оронима Ойкор | Статья в журнале «Молодой ученый»

И в повести “Ойкор” писателя Нурали Кабула встерчаем такое сведение. В романе “По следу змеи” в одном из записей о знаменитом чекисте Бахроме Ибрахимове...

Научный журнал «Молодой ученый» №21 (416) май 2022 г.

Препринт — это статья, доступная для читателей до выхода номера журнала в свет.

Психологическая готовность к профессиональной деятельности...

Автор: Кизилова Мария Александровна. Рубрика: Психология. Опубликовано в Молодой учёный №21 (416) май 2022 г. Статья просмотрена: < 10 раз.

Влияние развития техники и технологий на жизнь людей

Прогресс современного общества нельзя представить без развития науки и техники, без внедрения технологических новшеств, однако стремительное повышение роли науки и техники...

Экологические проблемы современного общества и их пути решения

Экологическая проблема — это изменение природной среды, в результате (антропогенных воздействий или стихийных бедствий), ведущее к нарушению структуры и функционирования...

ESG-принципы и их применение в современных компаниях

Авторы: Крайнева Раиса Канафиевна, Стрельчук Ксения Юрьевна, Фирсова Мария Григорьевна. Рубрика: Маркетинг, реклама и PR. Опубликовано в Молодой учёный №21 (416) май 2022 г...

Материалы XL международной научной конференции...

Место проведения конференции и издания сборника Казань. Конференция состоится в заочной (дистанционной) форме в июне 2022 года.

Похожие статьи

Военно-воздушные силы Афганистана в 1921–1929 гг.

В сентябре-октябре войска генерала Надир-хана выбили Хабибуллу из Кабула. 10 октября Надир-хан стал падишахом Афганистана.

Возникновение и становление организационных структур...

В результате совершенствования форм собственности и хозяйствования за счет производительных сил общества сформировались современные организационные...

Семантика оронима Ойкор | Статья в журнале «Молодой ученый»

И в повести “Ойкор” писателя Нурали Кабула встерчаем такое сведение. В романе “По следу змеи” в одном из записей о знаменитом чекисте Бахроме Ибрахимове...

Научный журнал «Молодой ученый» №21 (416) май 2022 г.

Препринт — это статья, доступная для читателей до выхода номера журнала в свет.

Психологическая готовность к профессиональной деятельности...

Автор: Кизилова Мария Александровна. Рубрика: Психология. Опубликовано в Молодой учёный №21 (416) май 2022 г. Статья просмотрена: < 10 раз.

Влияние развития техники и технологий на жизнь людей

Прогресс современного общества нельзя представить без развития науки и техники, без внедрения технологических новшеств, однако стремительное повышение роли науки и техники...

Экологические проблемы современного общества и их пути решения

Экологическая проблема — это изменение природной среды, в результате (антропогенных воздействий или стихийных бедствий), ведущее к нарушению структуры и функционирования...

ESG-принципы и их применение в современных компаниях

Авторы: Крайнева Раиса Канафиевна, Стрельчук Ксения Юрьевна, Фирсова Мария Григорьевна. Рубрика: Маркетинг, реклама и PR. Опубликовано в Молодой учёный №21 (416) май 2022 г...

Материалы XL международной научной конференции...

Место проведения конференции и издания сборника Казань. Конференция состоится в заочной (дистанционной) форме в июне 2022 года.

Задать вопрос