Shimoliy Afg‘oniston o‘zbeklari nutqidagi g‘allachilikka oid so‘zlarning «О‘zbek tilining izohli lug‘ati» da berilishi | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 27 апреля, печатный экземпляр отправим 1 мая.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №37 (327) сентябрь 2020 г.

Дата публикации: 09.09.2020

Статья просмотрена: 112 раз

Библиографическое описание:

Аминий, Азиз Ахмад. Shimoliy Afg‘oniston o‘zbeklari nutqidagi g‘allachilikka oid so‘zlarning «О‘zbek tilining izohli lug‘ati» da berilishi / Азиз Ахмад Аминий. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 37 (327). — С. 175-177. — URL: https://moluch.ru/archive/327/73523/ (дата обращения: 18.04.2024).



Ushbu maqola Shimoliy Afg‘oniston o‘zbeklari nutqidagi g‘allachilikka oid so‘zlarning “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da hamda mazkur lug‘atnomaga kiritilmagan va hozirgi kunda Shimoliy Afg‘onistonda yashovchi o‘zbeklar nutqida ishlatiladigan g‘allachilikka oid so‘zlar yuzasidan ma’lumot beriladi. Maqolada “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” hamda Afg‘onistonda yaratilgan “O‘zbek tili so‘zligi” da izohlanishi, hamda bir-biriga o‘xshash va farqli tomonlarini ko‘rib o‘tamiz.

Kalit so`zlar: Arpa, Bug‘doy, Zig‘ir, Kunjut, Zira, Xirmon, Boshoq, Mashoq, Somon, Poxol, Maysa.

В данной статье рассматривается использование слов «зерно» в «Толковом словаре узбекского языка» и в речи узбеков, проживающих в Северном Афганистане, а также слов, которые не включены в этот словарь и в настоящее время используются только в речи. Информация дается по соответствующим словам. В статье мы рассмотрим созданные в Афганистане «Толковый словарь узбекского языка» и «Словарь узбекского языка», а также их сходства и различия.

Ключевые слова: ячмень, пшеница, лен, кунжут, тмин, хирман, кукуруза, машак, солома, солома, майса.

Til ijtimoiy padida (hodisa) bo‘lganligidan zamon bilan yonma-yon o‘sib, rivojlanib boradi. O‘sish va rivojlanish asosan tilning lug‘at tarkibida o‘z ifodasini topadi. Demak, texnologik taraqqiyot tillarga yangi-yangi tushuncha va so‘zlarni olib kiradi. Bunda makon va zamon omillari birga amal qiladi.

Shimoliy Afg‘onistonda yashovchi o‘zbeklar va O‘zbekiston o‘zbeklari nutqidagi g‘allachilikka oid so‘zlarning bir-birga o‘xshash va farqli tomoni mavjud. O‘xshashlik borligining sababi, avvalda ikkala mamlakat xalqlari bitta davlatni tashkil qilganlar, bitta hukmdorga bo‘ysunishgan, eng asosiysi, Shimoliy Afg‘onistda yashovchi xalq bilan O‘zbekistonda yashovchi xalqlar bir tilda so‘zlashganlar. Ayrim so‘zlarning farqlanishi sababi esa, orada bir necha o‘n yil mobaynida ikkala mamlakat xalqlarining bir-birdan uzoqlashishidadir. Shimoliy Afg‘onistonda yashovchi o‘zbeklar nutqiga, dariy hamda ingliz tillarining ta’siri kuchli bo‘lgan esa O‘zbekistonda rus tili ta’siri ustuvorlashgan. Bu bitigda Shimoliy Afg‘oniston o‘zbeklari nutqidagi g‘allachilikka oid so‘zlarning O‘zbekistonda yaratilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da berilishi hamda mazkur lug‘atnomaga kiritilmagan va hozirgi kunda Shimoliy Afg‘onistonda yashovchi o‘zbeklar nutqida ishlatiladigan g‘allachilikka oid so‘zlar yuzasidan ma’lumot beriladi.

Shimoliy Afg‘oniston o‘zbeklari nutqidagi g‘allachilikka oid quyidagi so‘zlar “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da mavjud: arpa, bug‘doy, zig‘ir, kunjut, zira, tariq, xirmon, chosh, qayroqtosh, boshoq, mashoq, somon, poxol, qanor, juvoldiz, galagov, maysa, o`roq, kurak, kabi. Ularning “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” hamda Afg‘onistonda yaratilgan “O‘zbek tili so‘zligi” da izohlanishi hamda bir-biriga o‘xshash va farqli tomonlarini ko‘rib o‘tamiz.

Arpa “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da g‘alladoshlar oilasiga mansub, doni ovqatga va yem sifatida ishlatiladigan bir va ko‘p yillik g‘alla o‘simligi va uning doni, g‘allasi”deb izohlansa, “O‘zbek tili so‘zligi” da “doni iste’mol qilish yoki yem sifatida hayvonlarga berish mumkin bo‘lgan g‘alla o‘simligi va uning doni”deb berilgan.

Quyidagi leksemaning izohi ikkala lug‘atda ham deyarli bir xil berilgan:

Bug‘doy — «g‘alladoshlar oilasiga mansub o‘tsimon o‘simlik va uning doni, g‘allasi». Odam Atoning o‘zlari birinchi marta yer haydab bug‘doy sochganlar. Oybek. Tanlangan asarlar

Zig‘ir — «poyasidan tola, urug‘idan moy, yog‘ olinadigan bir yillik o‘simlik.

Kunjut Shimoliy Afg‘oniston o‘zbeklari nutqida kunjit shaklida ishlatiladi.

Zira xushbo‘y o‘simlik urug‘i, ziradoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik xushbo‘y ziravor o‘simlik va uning ovqatga ishlatiladigan urug‘i. Donli o‘simliklardan zira o‘simligi Shimoliy Afg‘onistonda ikki xilda mavjud — tabiiy holda o‘sadi va donidan foydalanish maqsadida lalmi joylarga ham ekiladi. Bu “O‘zbek tili so‘zligi” da o‘z ifodasini topgan.

Xirmon/xirman so‘zi Shimoliy Afg‘oniston o‘zbeklari nutqida xirman shaklida ishlatiladi, ya’ni ikki tomonda istiqomat qiluvchi o‘zbeklar o‘rtasida xirmon so‘zi bitta unli tovush bilan farqlanadi. Xirmon “O‘zbek tilining izohli lug‘ati» da «tozalangan g‘alla, paxta kabilarning uyumi» deb izoh berilsa, O‘zbek tili so‘zligi” da chosh, tozalangan g‘alla, paxta va sholi kabilarning uyumi, poklangan g‘alla anbori deb izholanadi. Ikkala kitobda berilgan izoh ham to‘g‘ri, chosh so‘zi asosan ma’lum bir turdagi narsaning bir joyga yig‘ib qo‘yilganiga nisbatan ishlatiladi, lekin, Shimoliy Afg‘oniston dehqonlari nutqida chosh so‘zi, asosan bug‘doy, arpa, paxta… kabilarning bir joyga to‘planganiga nisbatan qo‘llanadi.

Qayrog`tosh “O‘zbek tilining izohli lug‘ati» da «silliq yoki qayrab, charxlab, maxsus shakl berilgan tosh» deb izoh berilsa, “O‘zbek tili so‘zligi“ da qayrog`tosh, o`roq yoki shunga o`xshash narsalarni tezlash (o`tkir) qilish ishlatiladigan tosh nomi, deb izohlanadi.

Mazkur perdmetdan asosan Afg`oniston dehqonlari ko`proq foydalanadilar, bu tosh tabiiy shaklida mavjud bo`lganligi uchun, dehqonlarga moddiy tomondan yordam bo`ladi, ya`ni o`roqni tezlash kerak bo`lganda shundan foydalanadilar.

Boshoq “O‘zbek tilining izohli lug‘ati» da «bug‘doy, arpa singari o‘simliklarning poyasi uchidagi don hosil bo‘ladigan cho‘zinchoq to‘pguli hamda don bo‘lib yetilgan to‘pgul, bosh»deb izohlansa, “O‘zbek tili so‘zligida» da boshoq, bug‘doy, arpa kabi donli o‘simliklarning uch tomonidagi donli qismi»deb beriladi. Boshoq leksemasiga ikkala lug‘atda ham bir xil izoh berilgan, bundan shunday xullosa chiqarishimiz mumkinki, mazkur atama ikkala tomonda istiqomat qiluvchi xalqlar uchun bir xil lingvomadaniy qimmatga ega.

Mashoq leksemasiga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati» da bug‘doyni o‘rib-yig‘ib olish paytida o‘rimdan keyin yerga to‘kilib qolgan boshoqlar», “O‘zbek tili so‘zligi» bug‘doy o‘rimidan keyin yerga to‘kilgan boshoq»deb izoh berilgan. Mashoq so‘zi Shimoliy Afg‘oniston o‘zbek shevalarida navqon shaklida ham ishlatiladi.

Somon/samon so‘zi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da «bug‘doy, arpa, sholi yanchilganda, poyalarining ezilib maydalanishidan hosil bo‘ladigan, mahalliy binokorlikda va yem xashak sifatida ishlatiladigan mahsulot» deb izohlansa, «O‘zbek tili so‘zligi» da «bug‘doy, arpa va shu kabilar yanchilganda poyalarining maydalanishidan hosil bo‘ladigan mahsulot» deb beriladi. Har ikkala izohda ham ekin turlarini sanamay, «boshoqli ekinlar poyalari» deyish bilan cheklanilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Mazkur leksema ikkala kitobda bir xil izoh, ikki xil ko‘rinishda keltirilgan: somon (“O‘zbek tilining izohli lug‘ati») va samon (“O‘zbek tili so‘zligi»), ikkala kitobda keltirilgan so‘zlar bir-biridan bitta unli tovush bilan farqlanadi.

Kurak leksemasiga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati» da sochilgan narsalarni sidirish, kurash, to`plab biror narsaga solish uchun ishlatiladigan

Poxol/paxal so‘zi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati» da shunday «bug‘doy, sholi kabi boshoqli o‘simliklarning doni yanchib olingandan keyin qolgan quruq poyasi» deb berilgan, “O‘zbek tili so‘zligi»da «boshoqli ekinlarning yanchilib doni olingandan keyingi poyasi» tarzida izohlangan. Bu so‘z to‘g‘risida ikkala kitobga keltirilgan ma’lumot deyarli bir xil, ammo, ma’lum farqlar bor. Poxol har qanday boshoqli ekinlarga xos. Shuning uchun «bug‘doy, sholi kabi boshoqli o‘simliklarning doni yanchib olingandan keyin qolgan quruq poyasi» degan izohda faqat «bug‘doy, sholi kabi boshoqli o‘simliklar» qamrab olinib, boshqa boshoqli o‘simliklar bunga kirmaydimi degan mantiqli savol tug‘iladi. Shuning uchun ekinlarni sanamay, «boshoqli ekin» deyishning o‘zi yetarli.

Mazkur so‘zning yozilishi bitta (a) unlisi bilan farqlanadi, ya’ni, O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi o‘zbeklar poxol shaklidan foydalansalar, Shimoliy Afg‘onistonda yashovchi o‘zbeklar paxal shaklini qo‘llaydilar.

Maysa so‘ziga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati» da «yangi ungan o‘t-o‘lan» deb izoh berilgan, lekin Shimoliy Afg‘onistonda istiqomat qiluvchi o‘zbeklari nutqida bu so‘z asosan bug‘doy yoki arpaning ho‘l poyasiga nisbatan ishlatiladi. “O‘zbek tili so‘zligi»da o‘z aksini topgan.

O`roq so`zi “O`zbek tilining izoli lug`ati» da shunday «turli boshoqli ekinlar, beda, pichan, bug`doy, arpa va o`tlarni qo`lda o`rish uchun ishlatiladigan, beli bukik, o`tkir tig`li mehnat quroli» deb berilgan, “O‘zbek tili so‘zligi»da «g`allaning o`rish uchun ishlatiladigan predmeti» tarzida izohlangan.

Yuqorida keltirilgan leksemalardan tashqari Shimoliy Afg‘oniston o‘zbeklari nutqiga xos g‘allachilik bilan bog‘liq quyidagi so‘zlarni misol qilib keltirish mumkin: haqqulloh, zirato‘ppon, zig‘irto‘ppon, zirapuri, temirshoxa, cho‘bshoxa, bo‘ji, qavda, do‘rg‘a, xokob, yakob, duob, xudra, paykol . Bu leksimalarning ayrimlari fors-tojik tillaridan kirib kelgan. Masalan, xokob forscha (xok — «tuproq», ob — «suv») leksimalaridan hosil bo‘lgan, sug‘orilmagan yerga nisbatan ishlatiladi. Yakob forscha (yak — «bir», ob — «suv») so‘zlaridan yasalgan, «bir marta suv ichadigan yer» ma’nosida qo‘llanadi. Bu so‘zlarning ayrimining nomlanishi esa o‘sha predmetning shakli, materiali bilan bog‘liq. Masalan, cho‘bshoxa cho‘p (yog‘och) dan, temirshoxa temirdan tayyorlangan shoxani ifodalaydi. O‘zbekistonda faqat shoxa, panshaxa so‘zlari ishlatilib, ularning material jihatdan turi farqlanmaydi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, ildizi va tarixi bir ikki xalqning tilida mushtarak jihatlarning mavjudligi ularning uzoq tarixiga ishora qilsa, ulardagi ayrim farqlar yaqin tarixdagi holatlar bilan belgilanadi.

Аdabiyot:

  1. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 jildli. — Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2006.
  2. Oltoy Nurulloh. O‘zbek tili so‘zligi. — Shibirg‘on (Afg‘oniston): NS, 2007.
  3. Frivar Najibulloh. Mabodiy zabonshunosiy. — Hirot (Afg‘oniston): NS, 2017.
  4. Yamin Muhammad Husayn. Tiyuriyhoyi zabonshunosiy. Kobul (Afg‘oniston): NS, 2016.
  5. Ibrohim Rahim. Farhangi o‘zbeki-dari. — Balx (Afg‘oniston): NS, 2017.
  6. Yorqin Shafiqa. Farhangi o‘zbeki ba dari. — Balx (Afg‘oniston): NS, 2017.
Основные термины (генерируются автоматически): узбекский язык, Толковый словарь.


Ключевые слова

Arpa, Bug‘doy, Zig‘ir, Kunjut, Zira, Xirmon, Boshoq, Mashoq, Somon, Poxol, Maysa

Похожие статьи

О стилистических особенностях родного языка при работе над...

Например, узбекский язык в качестве общеупотребительного заимствовал из русской синонимической пары

Незнание этого факта приводит к неверному переносу особенностей родного языка в русскую речь, к смешению функционально-стилевых окрасок этих слов.

Похожие статьи

О стилистических особенностях родного языка при работе над...

Например, узбекский язык в качестве общеупотребительного заимствовал из русской синонимической пары

Незнание этого факта приводит к неверному переносу особенностей родного языка в русскую речь, к смешению функционально-стилевых окрасок этих слов.

Задать вопрос