Veb ilovalarning mobil qurilmalarda foydalanish effektivligini oshirish uchun PWA texnologiyasini qo’llash | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 мая, печатный экземпляр отправим 8 мая.

Опубликовать статью в журнале

Авторы: , ,

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №23 (313) июнь 2020 г.

Дата публикации: 04.06.2020

Статья просмотрена: 334 раза

Библиографическое описание:

Зарипов, Ф. М. Veb ilovalarning mobil qurilmalarda foydalanish effektivligini oshirish uchun PWA texnologiyasini qo’llash / Ф. М. Зарипов, З. Т. Бегжанова, Б. Е. Гелдибаев. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 23 (313). — С. 723-725. — URL: https://moluch.ru/archive/313/71084/ (дата обращения: 20.04.2024).

Maqolada dars jadvali veb-ilovasida progressive web application texnologiyasini qo’llash masalasiga bag’ishlanadi.

Kali so’zlar: pwa, web, web-app, php.

В статье рассматривается использование технологий PWA в веб-приложении расписания уроков.

Ключевые слова: pwa, web, web-app, php.

Dasturchilar va dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar orasida mobil operatsion tizimlar uchun ilovalar ishlab chiqishga bo‘lgan qiziqish va talab kundan kunga ortib bormoqda. Mobil ilovalarni yaratish imkonini beruvchi yondashuvlar va qurollarning esa turlari tobora ko‘paymoqda. Hozirgi vaqtda smartfonlar, planshetlar, noutbuklar va shu kabi turli qurulmalarning judayam ommalashishi bilan internetda oʻzining veb saytiga ega boʻlgan deyarli barcha tashkilotlar va ommaviy saytlar egalari, foydalanuvchilar ularning resurslaridan foydalanishi qulay boʻlishi uchun android, iOS platformalariga moʻljallangan maxsus ilovalarni ishlab chiqishadi va shu bilan foydalanuvchilar uchun birqancha qulayliklarni yaratishadi.

Bugungi kundagi o’tkazilgan tahlillarga qaraganda mobil ilovalarga qaraganda web-ilovalarga talab kuchaymoqda. Buni statistik ma’lumotlarda ko’rishimiz mumkin. comScore saytining oʻtkazgan statistik tahlilining natijalariga koʻra foydalanuvchilarning 65,5 foizi bir oy davomida umuman hech qanaqa mobil ilovani yuklashmagan, ularning ozgina qismigina bir oy davomida 2 yoki 3 ta ilovani yuklab olishgan. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, mobil ilovalarga bo’lgan qiziqish web ilovalarga qaraganda juda past. Bundan tashqari tahlillar oʻtkazish bilan shugʻullanadigan Recode saytining ma’lumotlariga qaraganda foydalanuvchilar tomonidan ilovalarni deinstalyatsiya qilinishi oʻrnatilishiga qaraganda yildan yilga ortib bormoqda. Tasavvur qiling sizning saytingizdan foydalanuvchi oddiy ilova kabi foydalanishi mumkin. Ya’ni uni oʻzining xohlagan qurulmasiga oʻrnatishi, xabarlar olishi va hattoki undan internet bilan boʻgʻlanish boʻlmaganda ham foydalanishi mumkin. Mana shu imkoniyatlarni Google tomonidan taqdim etilgan yangi va zamonaviy texnologiyasi toʻliq yaratib beradi [3].

Bu texnologiya Progressive Web Apps (PWA) deb nomlangan boʻlib progressiv veb ilova deb aytish mumkin. Veb sayt yoki veb ilovani yaratish, qoʻllab-quvvatlash yoki mukammallashtirish ishlari bilan shugʻullanadigan har qanday dasturchi PWA dan foydalanishi mumkin. Sababi PWA dan foydalanish veb saytning sifatini yaxshilaydi, konversiyasini va foydalanuvchilari sonini oshirish imkonini beradi va eng asosiysi mobil platforma egalarining veb ilovalardan foydalanishi uchun qulayliklar yaratadi. Ushbu maqola aynan shu PWA texnologiyasini veb-ilovalarda qo’llanishga ba’gishlanadi. Maqolada ta’lim muassasalarida dars jadvali veb-ilovasida PWA texnologiyasini qo’llash yoritib beriladi.

PWA — bu veb texnologiyalari guruhidan ya’ni JS+HTML+CSS-lardan foydalanadigan, nativ mobil ilovalar uchun hos bo‘lgan qulayliklarga ega va veb saytdan foydalanish oddiyligini yaratish imkonini beruvchi ilovalar guruhining nomlanishi. Uni boshqacha qilib “o‘rnatiladigan veb ilova” yoki “progressiv veb ilova” deb ham nomlashadi. Aslida u oddiygina veb sahifa yoki veb sayt, lekin, foydalanuvchi nuqtai nazarida u mobil ilova ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu ilova hozirgacha taqdim etilgan barcha veb va mobil texnologiyalarning eng qulay va eng yaxshi tomonlarining jamlanmasidan tashkil etilgan. PWA asosan veb saytlarning konversiyasini va foydalanuvchilari sonini oshirish, veb ilovalarni mobil qurilmalarda foydalanish qulayligini yaratish uchun mo‘ljallangan.

Progressive Web Apps (PWA) ni Google 2015-yilda e’lon qilgan edi. Mobil saytlarni yaratishning bu formati oʻzining oddiyligi va unda boshqa texnologiyalarga qaraganda koʻpgina kamchiliklar bartaraf etilganligi bilan e’tiborni oʻziga tezda torta oldi. 2016-yilga kelib esa Google I/O konferensiyasida The Washington Post nashri oʻz sayti uchun birinchilardan boʻlib oʻzining progressiv veb ilovasini yaratganini ma’lum qildi va uni qoʻllashda erishilgan yutuqlar koʻrsatildi. Ular haqiqatdan ham xayratlanarli natijalarga erishgan edi.

Progressiv veb ilova biz koʻnikib ulgurgan «odatiy» boʻlgan veb ilova yoki «odatiy» veb sayt emas. Bu innovasion texnologiya sayt va ilovaning eng yaxshi jihatlarini oʻzida jamlagan ilovaning oʻziga hos boʻlgan gibrid koʻrinishi boʻlib, oddiy ilovalarga qaraganda oʻnlab ustunliklarga ega va hozirgi kunga kelib judayam ommalashmoqda.

Mobil telefonlardan saytga tashrif buyuruvchilar uchun tezlik katta ahamiyat kasb etadi. 2018 yil iyulidan boshlab, Google mobil saytlarini yuklab olish tezligiga asoslangan yangi ranjlash algoritm bilan tanishtirdi. Bu algoritmga koʻra endilikda yuklanish tezligi yuqori boʻlgan saytlar qidiruv natijalarida birinchilar sifatida taqdim etiladi. Shu kunga qadar yuqori reytinglar uchun eng muhim mezonlar: sayt mazmuni, SEO bo'yicha tuzilishining to'g'riligi va boshqalar ta’sir qilar edi. Bundan kelib chiqadiki PWA uchun bir marta harajat qilib sayt reytingini koʻtarish uchun SEO (search engine optimizationqidiruvni optimallashtirish) harajatlaridan ham holos bo’lamiz va saytning reytingi avtomat tarzda yuqorilanadi. Bunday holda, saytda PWA mavjudligi uni maksimal tezroq yuklab olishga imkon beradi (The Washington Post nashrida bu koʻrsatkich 100 barobargacha oshgan edi). PWA-ning xususiyatlari esa saytni offlayn rejimda koʻrish va yoki yomon Internet aloqasi boʻlganda ham foydalanish imkonini beradi.

PWA bilan, sayt avtomatik ravishda mijozning smartfoniga bir marta bosish bilan oʻrnatiladi. PWA ning afzalliklari AliExpress, OLX, Lancome kabi global savdo gigantlari tomonidan yuqori baholandi. Dunyoning eng yirik va nufuzli media-nashrlaridan biri boʻlgan, The Washington Post, o'z biznesini rivojlantirish uchun PWA ni tanladi.

Foydalanuvchi smartfondan foydalangan holda veb saytga berilgan havolani ochadi va veb sahifa toʻliq yuklangandan soʻng foydalanuvchi PWA ilovasini mobil ilova kabi ishlatishi mumkin boʻladi. Shu bilan birga yangi ilovani ishlatish odatiy ilovalarga qaraganda anchagina qulayroq boʻladi. Sababi yangi ilovani oʻrnatish uchun tegishli tizimga kirish va uning oʻrnatilish jarayonini kutish shart emas.

Google kompaniyasi bu texnologiyani aktiv taqdim etishni boshlashi bilan dunyodagi katta biznes yurutuvchi kompaniyalar bu yangi texnologiyani oʻzlarida qoʻllagan holda raqiblariga qaraganda anchagina ustunliklarga ega boʻlishdi.

AliExpress, OLX, Lancome, The Washington Post, MakeMyTrip, Forbes kabi mashhur kompaniyalar oʻzlarida PWA texnologiyasini qoʻllashgan va natijada yangi texnologiyaning imkoniyatlariga ijobiy baho berishgan. Keyinchalik esa Google progressiv veb ilovalarni oʻzlarida qoʻllagan kompaniyalarning statistik tahlilini oʻtkazgan. Bu tahlil natijalari bilan tanishib texnologiyani qoʻllagan kompaniyalarning judayam yaxshi koʻrsatkichlarni qayd etganliklari koʻrish mumkin.

D:\Download Firefox\Screenshot-2018-5-17 Darslar jadvali(2).png

1-rasm. Veb ilodan ko’rinish

PHP va MySql qurollari asosida dars jadvali veb ilovasi ishlab chiqildi va unga PWA texnologiyasi joriy qilindi. Veb ilova uchun interfeysni yaratishda birinchi navbatta mobil qurulmalar uchun qulaylikni ta’minlashni koʻz oldida tutgan holda saytni adaptiv koʻrinishda yaratish va foydalanuvchilar uchun maksimal darajada qulaylik yaratish maqsad qilib qo’yildi. Interfeys foydalanuvchilarga bir necha tugmalarni bosish bilan kerakli ma’lumotlarni tez olish imkonini taqdim etadi. Shu masalalarni hisobga olgan holda veb-ilova dizayni yaratildi. Veb-ilovaning asosiy foydalanuvchilari talabalar ekanligini hisobga olib ilova bosh sahifasi dastlab ular uchun moʻljallangan koʻrinishda yaratiladi (1-rasm). Veb-ilovaga kirishda asosan foydalanuvchiga bir necha variantlarni tanlash taqdim qilinadi. Masalan, kurs, yo’nalish, guruh va hokazo (2-rasm). Ushbu variantlarni tanlash orqali ilova unga so’ralgan ma’lumotlarni taqdim qiladi. Bu orqali foydalanuvchi faqat o’zga zarur bo’lgan ma’lumotni olishi mumkin.

D:\Download Firefox\Screenshot-2018-5-17 Darslar jadvali(9).png

2-rasm. Veb ilovadan ko’rinish

PWA texnologiyasini dars jadvalida qo’llashdagi afzalliklardan biri bu dars jadvalining offlayn rejimda ishlay olishi. Foydalanuvchi tarmoqqa ulanishi bilan dars jadvali yangilanadi va foydalanuvchi mobil qurilmasi xotirasidagi bazaga yozib boriladi. Bu esa tarmoqdan uzilgan paytda ham ma’lumotlarni olish imkoniyatini beradi. PWA texnologiyasi veb-ilovalarda qo’llash orqali unda foydalanish tezligi, samaradorligi, qulayligi va sifatini oshirish mumkin. Ushbu texnologiyani boshqa sohadagi veb-ilovalarda qo’llash samadorlikni sezilarli darajada oshirishga imkon yaratadi.

Adabiyot:

  1. Aravind Shenoy. «Learning Bootstrap». — Packt, 2014. — 204 с.
  2. Jake Spurlock. «Bootstrap. Responsive Web-Development». — O'Reilly, 2013. — 128 с.
  3. Use Progressive Web Apps. — Use Progressive Web Apps:- URL: https://support.google.com/chrome/answer/9658361 (дата обращения: 31.05.2020).
Основные термины (генерируются автоматически): PWA, OLX, SEO, PHP, URL.

Ключевые слова

Web, PHP, pwa, web-app

Похожие статьи

Продвижение и поисковая оптимизация Web-сайтов

SEO (Search Engines Optimization), либо поисковая оптимизация, — комплекс мероприятий, главная задача которых — воздействовать на ранжирование страниц поисковыми системами для поднятия позиций собственного ресурса с целью увеличения посещаемости на сайте.

Исследование современной SEO-компании | Статья в журнале...

В современном мире отдельное место выделяется представлению компании в среде Интернет. Формирование имиджевой составляющей, представление услуг, преимущества компании, оперативная связь с организацией при помощи чата — лишь немногие возможности...

Белые, серые и черные схемы раскрутки сайтов

SEO (Search Engines Optimization), либо поисковая оптимизация, — комплекс мероприятий, главная задача которых — воздействовать на ранжирование страниц поисковыми системами. Основной задачей СЕО — является повышение текущих позиций сайта в поисковой выдаче.

Методы продвижения сайта в сети Интернет | Статья в журнале...

В статье мы рассмотрим основные методы продвижения сайтов в сети Интернет. Методы продвижения сайтов: SearchEngineOpimization (SEO), контекстная реклама и SocialMediaOptimization.

Одномерная оптимизация методом Пауэлла и онлайн-реализация...

В работе изложен алгоритм одного из методов одномерной оптимизации, который называется квадратичная интерполяция или метод Пауэлла. Представлен и подробно описан код на языке php...

Асинхронное выполнение SQL-запросов на языке...

В данной работе представлены результаты исследования и использования асинхронных SQL-запросов с помощью скриптового языка PHP, которые позволят значительно ускорить выполнение массивного SQL-запроса с помощью использования логических ядер процессора.

Продвижение сайтов в интернет-сетях | Статья в журнале...

Продвижение и поисковая оптимизация Web-сайтов. Автор: Олейникова Алла Васильевна. SEO (Search Engines Optimization), либо

Поисковая оптимизация сайта (SEO) на PHP для профессионалов. Руководство разработчика по SEO = Professional Search Engine Optimization...

Системы управления контентом (CMS) электронного...

В данной работе описаны общие принципы функционирования статического и динамического сайта, описано взаимодействие с ними администратора. Дается определение понятия «система управления контентом (CMS)», рассматриваются функции и классификация CMS.

Актуальность SEO-продвижения сайта для развития бизнеса...

В условиях постоянного развития рыночных отношений в современном информационном обществе и роста числа компаний, на одно из первых мест выходит позиционирование организации в среде Интернет.

Задать вопрос