Boshlang‘ich sinflarda o`qish malakalarini shakllantirish | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 мая, печатный экземпляр отправим 8 мая.

Опубликовать статью в журнале

Авторы: ,

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №15 (305) апрель 2020 г.

Дата публикации: 08.04.2020

Статья просмотрена: 2572 раза

Библиографическое описание:

Содикова, Гулбахор. Boshlang‘ich sinflarda o`qish malakalarini shakllantirish / Гулбахор Содикова, З. Г. Бобоева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 15 (305). — С. 451-453. — URL: https://moluch.ru/archive/305/68392/ (дата обращения: 20.04.2024).



Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etishning muammolari va yechimlari yoritilgan. Unda bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlashda ijodiy ishlarni bajarishning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan bo‘lib, talabalarda ijodiy mehnat ko‘nikma va malakalarni takomillashtirishning samarali shakllari tahlil etilgan.

Kalit so‘zlar: faoliyat, tizimlilik, mustaqil, ijodiy ish, kurs ishi, muammoli topshiriq.

Данная статья посвящена проблеме организации самостоятельной творческой деятельности при подготовке будущих учителей начальных классов. освещены особенности творческой работы будущих учителей, раскрыты эффективные формы совершенствования творческих трудовых навыков и умений студентов.

Ключевые слова: деятельность, системность, самостоятельность, творческая работа, курсовая работа, проблемная задача.

Article devoted to the problem of organizing independent creative activity in the preparation of future primary school teachers. Also highlighted the features of the creative work of future teachers and disclosed effective forms of improving the creative labor skills and abilities of students.

Key words: activity, consistency, independence, creative work, course work, problem task.

Bugungi pedagogika va unga davr munosabati masalasini o‘rganish alohida ilmiy muammoga aylanib bormoqda. Shaxs o‘zining mustaqil ijodiy faoliyati va o‘z sohasining mahoratli mutaxassisi sifatida millat ijtimoiy tafakkurining rivojiga o‘z ta’sirini ko‘rsata olmog‘i lozim. Mustaqil ijodiy faollik, ijodkorlik talaba-yoshlarning ijtimoiy bilimdonlik va ong asosida ijtimoiy hayotga tayyorgarlik darajasini ta’minlovchi mezon vazifasini o‘taydi. Oliy pedagogik ta’lim tizimi bu borada muhim bosqich bo‘lib, ayniqsa, pedagogika fakultetlarida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy mahorati, axloqi, odobi va zaruriy xislat, fazilatlarini shakllantirish va rivojlantirish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.

Oliy pedagogika o‘quv yurtlarida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda zarur bo‘ladigan malaka ko‘nikmalari hamda mustaqil ijodiy ishlariga har bir fanni o‘rganish negizida 35–45 foiz vaqt taqsimoti ajratiladi.

Dars mashg‘ulotlarida nazariy, amaliy va mustaqil ta’lim sifatida talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatiga keng o‘rin ajratilgan holda o‘quv rejasi va dasturidagi ta’lim mazmunini o‘zlashtirish tashkil etiladi. O‘quv mashg‘ulotlarining nazariy qismida yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, interfaol noan’anaviy usullar keng qo‘llanilmoqda. Amaliy mashg‘ulotlar esa seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari, suhbat tarzida tashkil etilib, muammoli vaziyatlar hosil qilish va ularning yechimlarini topish uchun yo‘naltirilgan. Mustaqil ta’limda esa bevosita o‘quv reja va dasturlarining uzviyligini ta’minlovchi nisbatan muhim va murakkab hisoblangan mavzularni talabalar tomonidan mustaqil ravishda chuqur va har tomonlama kengroq o‘rganishga mo‘ljallangan. Hozirgi davrda oliy ta’lim muassasalarida talabalarning bajarayotgan mustaqil-ijodiy ishlarining asosiy ko‘rinishlari, shakllari quyidagilardan iborat:

  1. Kurs ishlari va loyihalarini bajarish.
  2. Diplom (bitiruv malakaviy) ishlari va loyihalarini ishlab chiqishda va amalga joriy etishda qatnashish. Masalan, ta’lim tizimining turli bosqichlarida ta’lim oluvchilar yozma mustaqil ishlarni bajarish uzluksizligini ta’minlash quyidagicha amalga oshiriladi:

− umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, xususan, boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar kichik insho, bayon, diktant yozsalar, o‘rta va yuqori sinflarda ular turli referatlar yozib, hisobotlar tuzishadi;

− o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim tizimida ular mustaqil ravishda kurs ishlari, bitiruv malakaviy (diplom) ishlarini bajarishadi;

− magistrlik va doktorlik ilmiy tadqiqotlar esa ushbu ishlarning bevosita davomi va asosiy maqsadi hisoblanadi.

3. Turli xil muammoli topshiriqlarni o‘quv fanlari yo‘nalishlari bo‘yicha bajarish, masalan, hisobot, sinov darslari uchun nazorat savollari tuzish va boshqalar. O‘quv chiyoshlarning turli xil muammoli topshiriqlarni mustaqil holda fan yo‘nalishlari bo‘yicha bajarishlari ta’lim tizimining bir necha bosqichlarida davom etishi mumkin. Masalan, umumiy o‘rta ta’limning DTSlarida amaliy mashg‘ulotlarga vaqt ajratilgan. O‘quvchilar ana shu amaliy mashg‘ulotlarga qatnashganlarida mustaqil holda ishlab chiqarishda qatnashishning dastlabki ko‘nikmalari paydo bo‘ladi. Ta’limning keyingi bosqichlarida, masalan, litsey va kasb-hunar kollejlarida ular turli xil amaliyotlarda bo‘lib, muammoli topshiriqlarni mustaqil ravishda bajarishadi, hisobotlar tuzishadi, referatlar yozishadi. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar ishlab chiqarish, diplomoldi va pedagogik amaliyotlarda bo‘lishadi. Pedagogik amaliyotlar bilim sohasi gumanitar bo‘lgan musiqa, tasviriy va amaliy san’at, mehnat ta’limi, boshlang‘ich ta’lim va psixologik ta’lim yo‘nalishlarida oxirgi bosqich talabalari uchun 14 hafta muddatda tashkil etiladi. Amaliyot davrida talabalar turli xil darslarni va darsdan tashqari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishadi va kuzatishadi, tahlil qilishadi, xulosalar yozishadi. Amaliyot davrida ular mustaqil holda darslarga tayyorlanadi, dastlab o‘qituvchi kuzatuvida, asosiy davrda esa mustaqil holda dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar ishlanmalarini ishlab chiqishadi va o‘quv tarbiyaviy jarayonda tatbiq etishadi. Amaliyot yakunida hisobotlar tuziladi va taqdimot o‘tkaziladi.

Muammoli vaziyatlarga duch kelganlarida esa mustaqil holda yechimlarni yengib o‘tish uchun tinimsiz izlanadilar. Bu haqdagi taklif va tavsiyalarini keltirib o‘tishadi. Quyida oliy o‘quv yurtlarida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida samarali foydalanilishi mumkin bo‘lgan mustaqil ijodiy ishlarning nomlari keltirib o‘tiladi. Ularni turli xil hududiy, mintaqaviy, mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga muvaffaqiyatli joriy etish mumkin.

− mehnat ta’limi metodikasi fani negizida qog‘oz, karton, simlar va gazlamalar hamda har xil tabiiy, sun’iy materiallardan turli xil shakllar, o‘yinchoqlar, narsalar yasash;

− tasviriy va amaliy san’at darslarida turli-tuman jarayonlar, manzaralar, narsalar va buyumlarning ko‘rinishlarini chizish, tasvirlash;

− ta’lim tizimida, o‘quv jarayonida va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga doir (amaliyotlar davrida) uslubiy ishlanmalar tayyorlashda ishtirok etish;

− o‘quv mashg‘ulotlarining elektron ishlanmalarini tayyorlash va amalga joriy etish;

− jurnallarda, gazetalarda, to‘plamlarda mavzuli anjumanlar va konferensiyalarda ilmiy-amaliy, uslubiy, pedagogik va psixologik mazmundagi maqolalar, ma’ruzalar, tezislar tayyorlash bilan chiqishlar qilish;

− ilmiy hisobotlar tayyorlashda ishtirok etish (xo‘jalik hisobidagi shartnomalar asosida tadqiqot ishlarini bajarish bo‘yicha);

− ta’lim muassasasi (maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) o‘quv reja va dasturining alohida qismlari, bo‘limlarini takomillashtirish uchun uslubiy tavsiyalar, ishlanmalar tayyorlashda qatnashish;

− ta’limning didaktik vositalarini loyihalash, tuzish, qurish ishlarini bajarish. Texnologik va perfo xaritalar tayyorlash, slaydlar yaratish;

− o‘quvchilarning turli faoliyatlari (o‘yin, o‘yin-dars, mehnat, sport-sog‘lomlashtirish, ijodkorlik, ishlab chiqarish, jamoatchilik va boshqalar)ni tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda va ularni amalga joriy etishda qatnashish;

− turli pedagogik, psixologik, didaktik, metodik va ilmiy tadqiqot izlanish va kuzatishlarda, tajriba-sinov ishlarida ishtirok etish,

− testlar, test-anketa, suhbatlar savolnomalari, kuzatishlar kartochkalarini tuzish, intervyular o‘tkazish, ularni muhokama hamda tahrir qilishda qatnashish;

− fanlar olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlar, turli musobaqalarda, ilmiy-metodik anjumanlar va seminarlarda ishtirok etish;

− ta’lim muassasasi jamoatchilik tashkilotlari, mahalla, hokimiyatlar vakillari bilan turli xil madaniy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, hasharlarda faol ishtirok etish va boshqalar.

Umuman olganda, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning mustaqil ijodiy ishlarini muvaffaqiyatli tashkil etishni zamon talablari darajasida yo‘lga qo‘yish uchun quyidagi taklif va tavsiyalarni keltirish mumkin:

− Bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashda mustaqil ijodiy ishlarning turli-tumanligi muhim o‘rin tutadi, chunki talabalar tahsil davomida qanchalik turli ijodiy topshiriqlarni bajarsalar, mustaqil pedagogik faoliyatining xilma-xil qirralari tobora oydinlashib boradi.

− Talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etishda uzluksizlik, uzviylik va izchilliklar davomiyligiga alohida e’tibor berish zarur. Chunki bunday holatlarda muammoli topshiriqlarni bajarishda “oddiydan murakkabga” va “osondan qiyinga” tamoyillariga rioya qilinsa, maqsadga muvofiqdir.

− Talabalarga o‘quv va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda va amaliyotlar davrida bajargan mustaqil ijodiy ishlari namunalari nusxalarini saqlab borishlari tavsiya etiladi, chunki ulardan mustaqil pedagogik faoliyatda bevosita namunalar, andozalar sifatida foydalanish ham mumkin.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, talabalarni kasbiy ko‘nikma hamda malakalarga ega bo‘lishlarini ta’minlash masalasini samarali hal etilishida mustaqil amaliy ijodiy faoliyatini tashkil etishning shakllariga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu esa izlanuvchan ijodiy boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini tayyorlash muammosini yengillashtirishga yordam beradi.

Adabiyot:

  1. Jurayev Z. H., Tolipov O‘., Sharipov Sh.. Uzluksiz ta’lim tizimida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari. — T.: Fan, 2004, 120-b.
  2. Haydarov I. O. Uzluksiz kasb-hunarga yo‘naltirishning maqsadi, vazifalari, metod va vositalari. // “Maktab va hayot” jurnali, 2012 y., № 7–8, 5–6-betlar.
  3. Пронина Е. Н., Лукашевич.В. В. Психология и педагогика. Учебник для студентов вузов. — М.: Элит, 2004.


Ключевые слова

faoliyat, tizimlilik, mustaqil, ijodiy ish, kurs ishi, muammoli topshiriq
Задать вопрос