Вugungi kun kommunikatsiya texnologiyalari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 мая, печатный экземпляр отправим 8 мая.

Опубликовать статью в журнале

Библиографическое описание:

Матякубов, М. Я. Вugungi kun kommunikatsiya texnologiyalari / М. Я. Матякубов, Х. Ш. Кузибаев. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2016. — № 9.5 (113.5). — С. 26-29. — URL: https://moluch.ru/archive/113/29759/ (дата обращения: 20.04.2024).



Kompyuterlar va kommunikatsiya vositalari zamonaviy axborot texnologiyalarining asosi bo’lib ,ular insonlarni yaqinlashtiradi. Axborot bir joydan ikkinchi joyga tezkor yetib boradi, yangiliklar tez tarqaladi. Kompyuter yordamida aloqa qilish uchun foydalanuvchiga modem zarur bo’ladi. U tashqi yoki ichki qurilma bo’lib, kompyuter yordamida tayyorlangan ma’lumotlarni telefon simlari orqali uzatish va qabul qilish imkonini beradi. Kommunikatsiya yoki “telekommunikatsiya” manba (transmitter) va qabul qiluvchi (recever). O’rtasida masofadan turib ma’lumot almashinishni bildiradi. Elektromagnit to’lqin shakllari–elektr toki, radio to’lqinlar yoki yorug’lik ,ma’lumot yoki kodni tasvirlash uchun ishlatiladi va biror fizik muhit, masalan, sim, kabel yoki atmosfera orqali bu ma’lumotni uzatiladi. Uzatilayotgan ma’lumot tovush, ovoz, matn, videotasvir yoki bularning kombinatsiyasi (multimedia) dan iborat bo’lishi mumkun. Esingizda bo’lsa ma’lumot ikki turdagi signallar yordamidda uzatilishi mumkin: analogli va raqamli. Analogli signallar uzluksiz uzatiladi. Raqamli esa diskret shaklida. Analog signallar (uzluksiz to’lqinlar). Kommunikatsiyaning_eskirgan vositalari: telefon, radio va televidenie anogli signallar bilan ishlashga mo’jallangan. Analog signal tashuvchi to’lqin deb ataluvchi uzluksiz elektrlik signallardan tashkil topgan to’lqindan iborat . Analogli tashuvchi to’lqinlarning ikki asosiy ko’rsatkichi chastota va amplitudan iborat: Chatota –to’qin tebranishlarning vaqt birligida (sekund) necha marta to’liq takrorlanishini bildiruvchi son. Amplituda – berilgan vaqt oralig’ida to’lqinning maksimal balandligi. Ovoz (signal)ning baland-pastligi amplitudaga bog’liq bo’ladi.

Raqamli (diskret) signallar. Raqamli signallar ikki xil diskret almashinuvchi (bor-yo’q) signallardan iboratligi sababli u orqali ikkilik sanoq sistemasidagi ma’lumotni tasvirlash mumkin. Bunda elektrik implusning borligi -1, yo’qligi – 0 bilan ikkilik tarzda diskret signallarni uzatish 1880 yillarning o’rtalaridayoq Semyuel Morze tomonidan joriy qilingan edi. Unda ma’lumot nuqta(«.») va tire («-») lar ketma-ketligi shaklida tasvirlangan. Morze alifbosida, masalan, V harfi «…-»kabi belgilangan. Telegraf simlari orqali bu harfni uzatish uchun pauza bilan ajratilgan uchta qisqa va bitta cho’ziq signal ishlatilishi mumkin. Ammo bunday uzatish tekligi nihoyatda past. Modem. Kompyuterda hosil qiligan ma’lumotni uzatish uchun raqamli signallardan foydalanish ham, tez ham qulay va aniq bo’ladi. Ammo hozir ham ko’pgina aloqa qurilmalari (telefon, telegraf, radio, televideniya) analog signallar bilan ishlaydi. Bu muammodan qutilish uchun modem zarur. Modem raqamli signali analogli signalga ham (MO dulyatsiya), analogli signalni raqamli signalga ham (DEM odulyatsiya) aylantira oluvchi yagona qurilmadir. Modem ichki yoki tashqi bo’lishi mumkin. Ularni tanlashda quydagilarga e’tibor berish lozim: -Tashqi modem alohida qurilma bo’lib, alohida elektr toki sarfini talab etadi. Ammo uni turli kompyuterlar bilan ishlatish mumkin. U sistema blokdagi ketma-ket portlardan biriga kabel orqali ulanadi. - Ichki modem sistema bloki ichidagi slotga ulanadi va qo’shimcha elektr quvvati talab etmaydi. - Modemning asosiy ko’rsatkich uning ma’lumot almashinish tezligi hisoblanadi. Bu tezlik bod (bit/sek) yoki kbit/sek-larda ulanadi. Ananaviy telefon liniyalarida modem orqali ma’lumot almashishning maksimal tezligi 60kbit/sek bo’lishi mumkin. Tezlik bo’yicha modemlarni to’rt gruhga bo’lish mumkin :

Tezligi past modemlar (1200, 2400, 4800 bit/sek). Bunday modemlar hozir ishlatimaydi.

O’rtacha tezlikdagi modemlar (9600, 14 400 bi/sek)

Yuqori tezlikdagi modemlar (28 800, 33 600, 56 000 bit/sek)

O’ta yuqori tezlikdagi modemlar.

Kommunikatsiya dasturlari . Modem orqali ma’lumot almashinish uchun maxsus dasturlar zarur. Ko’pgina operatsion sistemalar tarkibida bunday dasturlar mavjud va yaratilmoqda. Masalan, Macintosh Systemda Smart Com: Windows va Smart Com, CrossTolk, WinCom, Comm Works, Telix, Proccom Plus, Hyper Terminal; OS/2 Warp-da Huper Access dan foydalanish mumkin. Bunday dasturlar ko’pincha modem bilan birga sotiladi. Kommunikatsion dasturlar kompyuterlar orasida aloqa o’rnatishdan tashqari yana bir qator ishlarni bajaradi:

Kabel-modemlar.

Ularning tezligi 28,8 Kbit/sek li modemlarga nisbatan 100 marta yuqori. Kabel-modem kompyuterni television tizimgan ulanadi. Ularning tarqalishi nisbatan sekin.Sababli, narxi yuqori. AQSHda kabel-modemdan foydalanuvchilar soni 2002 yilga kelib 7 million kishni tashkil etdi. Melvillning «Mobi Dik» asarning hamma 857 betni kabel modem atiga 2-sekundda uzata oladi. Shu vaqt ichida ISDN liniya 10 betni shuningdek, 28,8 – Kbit/sek li oddiy modem esa 2,5betni uzata oladi, xalos. ADSL. 1995 yilda V.34 bis nomli yangi standartlardagi modemlar paydo bo’ldi. Ularning tezligi 33600 bit/sek-ni tashkil etardi. Xozir bu tezlik yuqori hisoblanmaydi. Shuning uchun telefon kommunikatsiyalari ISDN ni soddalashtirish va optic-tolali kabelni joriy etishga urinmoqdalar.Kabel aloqasi komunikatsiyaning kabel-modemlar orali kabel yoki simsiz aloqani o’rnatishga urinishlari natijasida ADSL (Asymmeetic Digital Subscriber Line) texnalogiyasi yuzaga keladi. ADSL AQSH dagi eng yirik tadqiqot konsorsiumi Bellcore Labs tomonidan yaratilgan. ADSL texnalogiyasi odatdagi telefon liniyalari orqali 1,5 Megabit/sek tezlik (yani 1-sekundda 1 disketada saqlash mumkin bo’lgan ma’lumotdan 25 % ortiq malumotni) bigan uzatishga imkon beradi. Bu esa eng yuqori sifatli videotasvirlarni to’g’ridan-to’g’ri (on-line) uzatishga imkon beradi. Bu texnologiya, albatta, yanada qimmatroq.Quydagi jadvalga e’tibor bering:

Texnologiya turi

Tezligi

ISDN

128kbit/sek

Kabel modem

30-43 Megabit

ADSL

640Kbit/sek-6,14 Megabit

Aloqa kanallari Kanal – bu ma’lumot uzatishdagi yo’lidir. Turli kanallar turli spektrdagi radioto’lqinlardan iborat. Sim orqali aloqaga bulargan juft, koaksial kabel va optik tolali kabel vaoptik tolali kabel kiradi. Simsiz aloqaning asosan ikki turi mavjud:Mikro to’lqin va suniy yo’ldoshlar. Aloqaning ham simli, ham simsiz turi elektromagnit spektordagi to’lqinlardan iborat. Elektromagnit spektr. Telefon signallari radar to’lqinlari, avtoqo’riqchi to’lqinlari turli ko’rsatgichga va spektrga bo’lgan elektromagnit to’lqinlardir. Barcha turdagi radiosignallar, retgen nurlari, yorug’lik radiatsiya bunga misol bo’la oladi. Bu to’lqinlarning asosiy ko’rsatgichlari chastota va to’lqin uzunligidan iborat. Chastota: Sekundda to’lqin tebranishining to’la takrorlanishi soni bo’lib, gers (Gs)larda o’lchanadi. 1Kilogers (KGs)=100Gs, 1Megagers (MGs)=1000000Gs, 1Gigagers(Ggs)=1000000000Gers. Chastotalar farqi ko’lami qanchalik keng bo’lsa, ma’lumot uzatish shunchalik tez bo’ladi. Masalan uyali telefon 800-900Mgs oraliqda chastotada ma’lumot almashina oladi. To’lqin uzunligi: To’lqin spektrining pastki qismiga uzun ammo past chastotali (masalan, Kosmik nurlar) to’lqinlar mos keladi. Quydagi jadvalga e’tibor bering.

To’lqin turi

Chastota

Doimiy elektr toki

0 Gs

O’zgaruvchan elektr toki

50-75 Gs

Telefon

10Gs-5KGs

AM-radio

300-3000KGs

Suvosti va aeronavtika qurilmalari

30-300KGs

Buralgan juft

10Gs-5MGs

Koaksial kabel

1MGs-0,5GGs

Radar

5KGs-500GGs

UHF television kanal

300MGs-3GGs

Mikroto’lqin isitgichlar

<20Gs

Mikroto’lqin yo’ldoshlar

7,50Gs-t750GGs

Uyali telefon

824-834MGs

Optik tolali kabel

106GGS-108GGs

Infraqizil to’lqinlar

104GGS-105GGs

Ko’rinadigan yorug’lik

500 000GGs-5000000GGs

Ultrabinafsha to’lqin

5*106GGs-5*108GGs

Retgen nurlari

109GGs-1010GGs

Gaina-nurlar

1011GGS-1013GGs

Kosmik nurlar

>1014GGs

Ma’lum chastota ko’lami FCC (Federal Communication Comission – Federal Kommunikatsiya Komissiyasi) orqali maxsus maqsadlar uchun ajratilgan. Bu turli qurilma standartlarini boshqarish uchun fizik muhit turlariga quydagilar kiradi:

O’rama juft

Koaksial kabel;

Optik tolali kabel;

Mikroto’lqin va yo’ldosh tizmlari.

O’rama juft [2] (Twised Pair) Uyingizdagi telefonga ulangan sim o’ralgan juftdir. U bitta kabel ichidagi izolyatsiyalangan va bir-biriga o’ralgan ikkita mis simdan iborat. Bazan tashqi shovqinlardan himoya qilish uchun ular ekran bilan qoplanadi, chunki bu turdagi kabel shovqinga bardoshsiz. Xozir ham dunyoda bu turdagi simlar eng ko’p ishlatilmoqda. Bu holat ancha saqlanishiga shubha yo’q. Uning chastota ko’lami kichik shuning uchun nafaqat shovqinga bardoshsiz, balki ma’lumot uzatirsh tezligi ham past. U hali ham ba’zan lokal tarmoqlarda ishlatiladi. Koaksial kabel Markazida izolyatsiya qilingan qalin mis sim va bu sim haqidagi atrofidagi ko’p tolali simdan iborat kabel telivizor va antenani ulashda ishlatiladigan kabel koaksial kabelga misol bo’la oladi. Uzoq masofalarda lokal tarmoq yaratishda koaksial kabellardan foydalanish qulay. U shovqinlarga ham qarshi yaxshi himoyalangan bo’lib ma’lumot uzatish tezligi o’rama juftga nisbatan ancha yuqori (ma’lumot uzatish Mbit/sek). Ko’pgina bir nechta koaksial kabellar birlashtiriladi. Optik tolali kabel [2] bu kabel yuzlab va minglab plastik shisha toladan iborat. Bu tolalar ichi bo’sh bo’lib, ichki tomoni yorug’likni aks ettiradi va aynan elektr impluslarini emas balki yorug’lik uzatadi. Har biri soch tolasidek ingichka tolalar 1 sekda milliardlab impluslarni uzatadi. 0.12 dyum (=3mm) qalinlikdagi kabelga birlashtirilgan tolalar bir vaqtda 250-500 mingta suhbatni uzata oladi. Bundan tashqari, yorug’lik tashqi elektromagnit to’lqinlar ta’sir ko’rsatolmaydi. Ular o’rama juft va koaksial kabelga nisbatan yengil va chidamliroq. Ularning ko’p tarqalmaganligining ikki sababi bor. Birinchidan ular juda qimmat, ikkinchidan to’g’ri burchak ostida buklangan kabellar impluslarni o’tkaza olmaydi.

Mikroto’lqin va yo’ldosh tizimlari. Simli aloqa voaitalari hali uzoq vaqt saqlanish muqarrar. Birinchidan, optik tola orqali ma’lumot uzatish tezligi mikroto’lqin va yo’ldosh tezligiga nisbatan 10000 marta yuqori. Ikkinchida ulardan ma’lumotni “o’girlash” qiyinroq. Ammo, ko’pgina yangiliklar aynan shu simsiz kommunikatsiyada ro’y beradi. Bundan tashqari, ko’pgina hollarda simli aloqani tashkil qilish qiyin. Mikroto’lqin tizmlari ma’lumotni atmosfera orqali yuqori chastotali radioto’lqinlar shaklida uzatadi. Mikroto’lqin chastotasi 1GGs va undan yuqori. Bu to’lqinni uzatish va qabul qilish uchun maxsus antennalardan foydalaniladi. Bu antennalar tepalikda joylashtiriladi, chunki bu to’lqin to’g’ri chiziq bo’ylab tarqaladi va to’siqlarni aylanib o’ta olmaydi. Shuning uchun uzatuvchi va qabul qiluvchi bir-biriga “qarab” turishi kerak. Mikroto’lqinlarni uzatish va qabul qilishda yerdagi balandlikdagi stansiyalarni yaratish ma’lum qiyinchiliklarga olib keladi. Bu qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun “uchlar stansiyalar” – ya’ni yo’ldoshlar yaratilgan. Fazodagi yo’ldosh va yerdagi antenna o’rtasida to’siq bo’lmaydi va antenna ham blandlikka joylashtirilishi shart emas. Odatda bu yo’ldoshlar [3] 22300 milya (36800km) balandlikda yer atrofida o’z atroflarida aylanishlari kerak. Bazi yangi tizmlarda ular pastroqda “joylashagan”. Ularning aylanish tezligi yerning o’z o’qi aylanish tezligi bilan bir xilligi sababli ular yerga nisbatan “harakatsiz”. Ular quyosh batareyalariga ega. Ular ma’lumotni bir antennadan qabul qilib boshqasiga uzatishga, shuningdek ham raqamli ham analogli signallarni uzatishga qodir.

Adabiyotlar:

1. Бегалов Б. и др. Технология процессов формирования информационно-коммуникационного ринка. – Т: ТГЭУ, 2000.

2. Олифер В.Г., Олифер Н.А. Компьютерные сети. Принципы, технологии, протоколы. 4-е изд. Учебник. – СПб. Питер. 2010 г.

3. М.Мамадазимов. "Астрономия". Академик лицей ва касб-ҳунар коллежлари учун дарслик – Ташкент, 2012.

Основные термины (генерируются автоматически): ADSL, ISDN, AQSH, DEM, FCC, UHF.


Похожие статьи

Задать вопрос